Pavel Durov mashina raqamini 9,5 million dollarga sotib ololmadi
7-raqami auksionda eng yuqori taklif bilan 13,6 million dollarga sotildi.
BAA Transport vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xayriya auksionida yangi rekord oʻrnatilgani aytilmoqda. Chunki, bundan oldingi rekord natija 2008-yilda qayd etilgan bo‘lib, Abu-Dabidagi auksionda 1 raqami 52,2 million dirhamga sotilgandi.
Bloger va Whitewill kompaniyasi vakili Stanislav Isayev 7 mashina raqamini moʻmaygina summaga sotganilgani haqida o‘z blogida xabar bergan. Avvaliga raqam uchun 4 million dollar boshlangʻich narx qoʻyilgan boʻlsa, auksion davomida Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov darhol ikki baravar qimmat summa taklif qilgan.
Biroq, kutilmaganda berilgan 13,6 mlrd taklif bilan ismi sir tutilishini istagan mijoz raqamni “ilib ketgan”.
Raqam sotilgan pulning bir qismi shahar infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi va yana bir qismi butun dunyo boʻylab muhtojlarga milliard porsiya oziq-ovqat tarqatish vazifasini qoʻygan 1 Billion Meals tashkilotiga ajratiladi.
Avvalroq Pavel Durov Dubay amiri shayx Muhammad tashkil qilgan iftorlikda ishtirok etgani xabar berilgandi.