Pavel Durov Fransiyada qamoqqa olindi, unga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin

Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga oʻz shaxshiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qoʻlga olingan

39 yoshli Pavel Durov Fransiya hukumatining qo‘lga olish orderi asosida qidiruvga tushgan. Bu orderga ko‘ra, Telegramda yetarli darajada nazorat bo‘lmagani uchun bu platforma  giyohvand moddalarni tarqatish va bolalar pornografiyasini almashish kabi jinoyatlarda ishlatilganligi aytiladi.

Fransiya bojxona xizmati bilan hamkorlikda ishlaydigan firibgarlikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari shanba kechqurun Pavel Durov Ozarbayjondan Bourget aeroportiga uchib kelgach, uni darhol hibsga olishgan. Bu haqda CNNning hamkor kanali BFMTV xabar berdi.

BFMTV xabariga ko‘ra, qo‘lga olish orderi berilganidan keyin Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyaga va boshqa Yevropa mamlakatlariga muntazam tashrif buyurmay qo‘ygan.

Diqqatga sazovor holat shuki, Fransiya hukumati Pavel Durovni giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlarda ishtirok etish va firibgarlikda aybdor deb topib, qo‘lga olish orderi chiqargan. Bu ayblovlar Telegramda etarli darajada nazorat o‘rnatilmaganligi va Durovning huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganligi bilan bog‘liq. Bu haqda Moskva Times Fransiya mahalliy OAVlariga tayanib xabar bergan.

Hozirda Telegramdan 900 milliondan ortiq odam foydalanadi va Pavel Durov  hozirgi vaqtda  Dubayda istiqomat qiladi. Durov 2021 yilning avgust oyida Fransiya fuqaroligini qabul qilgan.

Pavel Durov, shuningdek, VKontakte ijtimoiy tarmog‘ining asoschisidir. 2014 yilda u Rossiya xavfsizlik xizmatlarining VKontakte foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni talab qilishini rad etgach, Rossiyani tark etgan edi.

Internetda yana bazi ma'lumotlar tarqala boshladi:

«Telegramʼda saqlayotgan muhim axborotlaringizni yuklab olishni maslahat beraman. Istalgan onda AQSH va Amsterdamdagi serverlarni olib qo‘yishlari mumkin», — deya ogohlantirmoqda Red Shield VPNni yaratgan dasturchi Vladislav Zdolnikov.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47