Spitsasiz gʻildirakli Beno Reevo elektrovelosipedi sinovdan oʻtkazildi

Reevoʼning 27,5 dyuymli gʻildiraklari mustahkamlik jihatidan odatiy velosipedlarga qaraganda uch barobar himoyalangan maxsus texnologiya yordamida ishlab chiqarilgan. Spitsalarining yo'qligi velosipedga hatto 125 kg gacha ogʻirlikni koʻtarishida toʻsqinlik qilmaydi.

2020-yilda Osiyo startapi Beno Indiegogoʻda noodatiy Reevo elektrovelosipedi loyihasi bilan chiqdi. Oʻshanda uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun deyarli 6,5 million yevro yigʻilgan edi va 2022-yil oxiriga kelib ular birinchi nusxalarini mijozlarga yuborishni boshladilar.

Velosipedning ramkasi alyuminiydan yasalgan boʻlib, uning ogʻirligi 25 kg ni tashkil qiladi. Shuningdek ikkita versiya mavjud:

  • 250 Vt dvigatelga ega, maksimal tezligi 25 km/soat va quvvat zaxirasi 60 km gacha;
  • 750 Vt quvvati 32 km/soat tezlikda va 60 km gacha quvvat zaxirasi.

Rulda bort kompyuteri vazifasini bajaradigan smartfon oʻrnatish uchun maxsus moslama mavjud bo‘lib, u velosiped zaryadi darajasi, bosib oʻtgan masofa va boshqa parametrlarni koʻrsatadi.

O‘ziga xos transportda o‘gʻirlikdan himoya tizimi ham taʼminlangan: gʻildiraklar faqat barmoq izini skanerlash orqali avtorizatsiya qilingandan soʻng qulfdan chiqariladi va oʻrnatilgan GPS sensori yordamida real vaqt rejimida joylashuvni kuzatishingiz mumkin.

Oldinroq Xiaomi HIMO C26 elektrovelosipedining xususiyatlari va Oʻzbekistondagi narxi haqida maʼlumotberilgan edi.  

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51