Xiaomi yangi elektrovelosipedining xususiyatlari va O‘zbekistondagi narxi

Xiaomi HIMO C26 elektrovelosipedi bugungi kunda narx va sifati jihatidan velosipedlarning eng yaxshisi, desak adashmaymiz.

Agar siz ochiq toza havo va sportni yaxshi ko‘rsangiz, ish yoki boshqa sabablar bilan uzoq yo‘lda ko‘p yursangiz, demak, ushbu model aynan siz uchun. Xiaomi Himo S26 – elektrovelosipedlari yaxshi kayfiyat va salomatlik uchun ajoyib sarmoya, uzoq yillar hamda yo‘llar davomida sinovdan o‘tgan va shunchaki, 8-9 ming km dan oshiq masofani osongina bosib o‘tadi.

Mamlakatimizda va dunyoda yonilg‘i inqirozini hisobga olsak, mazkur model bahor-yoz mavsumi uchun ayni muddao. 

HIMO C26 tavsifi:

  • HIMO C26 elektrovelosipedi oʻzidan oldin ishlab chiqarilgan HIMO C20ʼdan balandroq, kattaroq va ogʻirroq.

Ajablanarli joyi ham yoʻq aslida, chunki yangi velosiped nafaqat shahar boʻylab, balki yoʻldan tashqarida, masalan, togʻlarda ham harakatlanish uchun moʻljallangan.

  • Yangi elektr velosipedning oʻlchamlari 174 × 66 × 105 sm, ogʻirligi esa 25 kg.Korpusi metalldan qilingan.
  • HIMO C26 yigʻilmaydi, shuning uchun uni saqlash yoki oʻzingiz bilan olib ketishingiz uchun sizga koʻproq joy kerak boʻladi.
  • Old gʻildirak ustida 45 LUX quvvatga ega katta oq fonar joylashgan. Oʻrindiqning orqasida yana bir qizil chiroq bor.
  • HIMO C26 ruli chap tutqichida joylashgan kichik displeyga ega. U tezlik, masofa, batareya darajasi va haydash rejimini koʻrsatadigan kichik monoxrom ekran hisoblanadi.
  • Elektrovelosiped soatiga 25 kmgacha tezlashadi. Maksimal 100 kg vazn uchun moʻljallangan.
  • Oʻrindiq elastik, havo oʻtkazadigan, suvga chidamliligi va eng muhimi, juda ham qulay.
  • Toʻliq zaryadlash vaqti 5-6 soat.
  • Quvvat zaxirasi: pedal rejimi: 80-100 km, moped rejimi: 60-65 km.

Narxi: 11 900 000 soʻm

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Chery Tiggo 7 2024 Sotuvga chiqdi. Taqdimotdan so‘ng unig Jonli rasmlari namoyish etildi.
1-may kuni Chery oʻzining 2024 yilgi Tiggo 7 SUV ning uchta modelini taqdim etdi , ularning Xшtoydagi narxi 10 300 – 13 400 AQSh dollar.
Avto
02 may, 10:51
Kia K5 narxi oshdi
Endi Kia K5 narxlari 380 mln. soʻmdan boshlanadi.
Avto
01 may, 12:30
Yangi Klassik Telefonlar - Nokia 215 4G, Nokia 225 4G, va Nokia 235 4G taqdim etildi
Osongina qoʻngʻroq va muloqot: Yangi Nokia telefonlari taqdim etildi
Nokia
01 may, 11:29
iPhone 16 Pro Max suratlari paydo boʻldi
Suratda iPhone 16, iPhone 16 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max namoyish etildi. Smartfonlar joriy yilning sentyabr oyida taqdim etiladi
Smartfon
30 aprel, 10:38