Porsche salkam Gentra narxida elektrovelosipedlar chiqardi

Yangi elektrovelosipedlarning biri 14 000$ ikkinchisi esa 15 000$ atrofida baholangan.

Aslida, bu Porsche bir necha yillardan buyon elektrovelosipedlar ishlab chiqaradi. Porsche eBike Cross Performance va eBike Cross Performance EXC deb nomlanuvchi soʻnggi ikkita model esa hozirgi kunga qadar eng yaxshilari qatoriga kiradi.

Ikkala model elektron velosiped boʻyicha mutaxassis Rotwild bilan hamkorlikda yaratilgan boʻlib, ular soʻzma-soʻz aytganda “haydaganda yurakni tez urishga majbur qiladi”.

Porsche eBike Cross Performance 

Narxi 14 250 dollardan boshlanadigan Porsche eBike Cross Performance brendning ikkita yangi modelning eng arzoni hisoblanadi.

Elektrovelosipedning yangi versiyasi texnik jihatdan bozorda ikki yildan beri mavjud bo‘lib, Fox Factory suspenziyasi va yangi Shimano EP-801 oʻrta privod motori allaqachon mijozlar sinovidan o‘tgan.

Ushbu privod 630 Vt quvvatga ega akkumulyator bilan birlashtirilgan, Porsche “trassada maksimal harakatni taʼminlaydi”. Koʻtarilishda ham, tushishda ham foydalanuvchilar Shimano’ning 12 pogʻonali elektr orqa uzatgichi imkoniyatlaridan bahramand boʻlishlari mumkin.

EP-801 dvigateli shuningdek, ikkita haydash profilini taklif etadi: 1-chi profil uchta qoʻllab-quvvatlash rejimini oʻz ichiga oladigan Eco, Trail va Boost, 2-Profil esa nozik sozlash rejimida haydovchilar 15 tagacha qoʻllab-quvvatlash sozlamalarini tanlashlari mumkin.

Yana bir yuqori texnologiyali xususiyatga uzatmani mustaqil ravishda siljituvchi Auto Shift funksiyasi kiradi, Free Shift funksiyasi esa tutqichni harakatlantirmasdan siljitish imkonini beradi.

Crankbrothers Synthesis Enduro Carbon gʻildiraklari toʻplami old va orqa gʻildiraklardagi noyob spiral tarangligi bilan yoʻnalish barqarorligini taʼminlaydi. Rotwildʼning B220 Flatriser 35 uglerodli tutqichi uglerod ramkasini toʻldiradi, uning dizaynida Porsche Taycanʼdan ilhomlanilgan.

Ushbu ramka, shuningdek, mos keladigan Fox Factory rangidagi Performance yozuvlari bilan bezatilgan.

Kompaniya Porsche eBike Cross Performance EXC ni “individual talablarga javob berish uchun ishlab chiqilgan va Porsche Exclusive Manufakturʼdan tanlab olingan ranglar orqali haqiqiy ishlab chiqarish mahoratini aks ettiradi” deb taʼriflaydi.

Model Star Ruby Neo, Ice Grey Metallic, Mamba Green Metallic, Carmine Red, Shade Green Metallic va Shark Blue kabi qoʻshimcha rang variantlarida taqdim etilgan boʻlib, kompaniya ularni “Porsche muxlislari orasida yuqori mavqega ega yorqin, biroz tarixiy variantlar” deb taʼriflaydi.

Porsche eBike Cross Performance EXC narxi biroz yuqoriroq — 15 350 dollar. Bu narxga O‘zbekiston ikkilamchi bozorida juda yaxshi holatdagi Chevrolet Gentra mashinasini xarid qilsa bo’ladi.

Shunday bo‘lsada, hozircha u Porsche Taycanʼga nisbatan arzonroq.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

AnTuTu 2024 yil oktyabr oyi uchun eng kuchli iOS qurilmalarining reytingini e'lon qildi
Reytingning oxirgi - o'ninchi o'rnida esa iPhone 16 smartfonining ikkita turi (Pro va Pro Max modellari) joy olgan.
Texnologiya
10:09
Instagram yoshni yashirishga qarshi yangi tizim ishga tushirdi
Instagram yoshlarning yoshi haqida yolg'on ma'lumot berishini aniqlash uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda: do'stlarning tug'ilgan kun tabriklari orqali ham haqiqiy yoshni aniqlash mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar
08:51
ChatGPT AI qidiruv tizimi hozircha "Google raqibi" bo'la olmaydi: Kalit so'zlar bilan qidiruv ishonchsiz
Balki kelajakda "Google qotili" bo'lar, lekin bugun emas
AI
06 noyabr, 11:17
iPhone 16, 15 va 14 kameralarining farqlari ko'rsatib berildi
Faqat kamera uchun yangi modelga o'tishning hojati yo'q
Smartfon
06 noyabr, 09:07