TikTok’da sun’iy intellekt asosida profil rasmlari tayyorlash funksiyasi paydo bo‘ladi

Mazkur funksiya avtomatik ravishda TikTok’ning o‘zida ishlaydi. Profil rasmlari mashhur Lensa ilovasiga o‘xshab ketadi va tayyor rasmlarni profilga joylash yoki saqlab olish mumkin.

TikTok AI yordamida yaratilgan profil rasmlari ustida ishlamoqda. Bir qarashda, funksiya Prisma Labsʼning Lensa ilovasidagi kabi ishlaydi va natijalar ham oʻxshash boʻlishi mumkin, lekin u toʻgʻridan-toʻgʻri TikTokʼni oʻzida ishlaydi va sunʼiy intellekt asosida rasmlar generatsiya qilinadi.

Bu qanday ishlaydi?

Bunda profil rasmini yaratish uchun sizdan uch dan oʻntagacha rasmingizni yuborishingizni, soʻngra mumkin boʻlgan AI fotosuratlari uchun ikki va besh xil uslubni tanlashingizni soʻraladi, deydi ijtimoiy tarmoqlar boʻyicha mutaxassis Mett Navarra. Biroz vaqt oʻtganidan soʻng, fotosuratlar tayyor boʻladi va ularni yuklab olishingiz, bittasini avatar sifatida tanlashingiz yoki TikTok storizga joylashtirishingiz mumkin.

Avvalroq sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan robot "ogʻir ish kunidan" keyin yiqilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04