Yandex Alisa boshqa tillarda gapirishni o‘rganmoqda

Bilamizki, Yandexʼning “Alisa” ovozli yordamchisi faqatgina rus tilida gapiradi. Endilikda kompaniya uni boshqa tillarga oʻqitish uchun mutaxassislarni yollashni boshladi.

Alisa/Midjourney

Hozirda Yandex ovozli yordamchisi faqat rus tilida dialog oʻtkazish va buyruqlarni bajarish qobiliyatiga ega. Avvalroq kompaniya ovozli yordamchiga MDH mamlakatlari, jumladan, ukrain, belarus va qozoq tillarida gapirishga oʻrgatish rejalari haqida maʼlum qilgan edi.

Alisa ovozli yordamchisi/Midjourney
Alisa ovozli yordamchisi/Midjourney

Biroq pandemiya tufayli yangi tillarni qoʻshish jarayoni sekinlashgan. Hozirda Alisa boshqa tillardagi nutqni faqat qidiruv va tarjimon kontekstida tanib, analiz qila oladi.

Mutaxassislarning fikricha, qoʻshimcha tillarni qoʻllab-quvvatlash Yandex qurilmalari allaqachon sotilayotgan mamlakatlarda mashhurligini oshirishga yordam beradi. Ammo mutaxassislar yordamchini qayta tayyorlashga toʻgʻri kelishidan ogohlantirmoqda, chunki Alisaning “hazilkash tabiati” boshqa madaniyatlar uchun maʼqul kelmasligi mumkin.

Avvalroq Giglink.uz Yandex’da xitoy tilidagi videolarning avtomatik ovozlashtirilgan tarjimasi ishga tushgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33