Alisa YandexGPT sunʼiy intellekti asosida ishlamoqda. U endi matn yozishi va gʻoyalarni taklif qilishi mumkin

Yandex kompaniyasi Alisani YandexGPT til modeli asosida takomillashtirishi bilan ovozli yordamchi matnlar yozish, gʻoyalarni oʻylab topish va suhbatni yaxshiroq davom ettirish funksiyalariga ega bo‘ldi.

Yangi oʻzgarishlarni istalgan kishi sinab koʻrishi mumkin. SIda oʻqitilgan Alisa Yandex ilovasida, brauzerda, stantsiyalarda va smart televizorlarda ishlaydi. Buning uchun, “Алиса, давай придумаем!” (“Alisa, kel, oʻylab koʻraylikchi!”) deyish kifoya.

Yandex birinchi bosqichda YandexGPT bilan ishlaydigan Alisa faktlar borasida adashishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Bundan tashqari, u hozircha suhbatning kontekstini hisobga olmaydi, lekin bu kelgusida aniq ishlay boshlaydi.

Virtual yordamchi bitiruv kechasi uchun ssenariy yoki biznes maktubi yozishi, sayohat rejasini ishlab chiqishi yoki toʻy sovgʻasiga variantlar taklif qilishi mumkin.

Texnologiya hali sinov bosqichida. Kompaniyaning taʼkidlashicha, joriy ishga tushirish faqat boshlanishi. Neyron tarmoq oʻrganishda davom etmoqda, shuning uchun Alisa kundan-kunga aqlliroq boʻlib boradi.

Ma’lumot uchun, Yandexʼning “Alisa” ovozli yordamchisi faqatgina rus tilida gapiradi. Hozirda kompaniya uni boshqa tillarga oʻqitish uchun mutaxassislarni yollashni boshlagan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23