Yandex’da xitoy tilidagi videolarning avtomatik ovozlashtirilgan tarjimasi ishga tushdi

Yandex brauzeri yangi qulay funksiya – xitoy tilidagi videolarni rus tilidagi ovozli tarjimasida koʻrish imkoniyati ishga tushirilganini eʼlon qildi. Funksiya neyron tarmoq yordamida ishlab chiqilgan va ovozlashtirilgan.

Texnologiya allaqachon YouTubeʼda ishlamoqda. Yaqin kelajakda dasturchilar Xitoyning mashhur Bilibili video platformasini ham qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Xitoy tili juda murakkab va turli shevalarga ega, shu sababli Yandex dasturchilari yangi texnologiya uchun noldan boshlab misollar bazasini toʻplagan.

Maxsus algoritm yordamida dasturchilar 1,5 millionta videoni qayta ishladilar va bir milliarddan ortiq kishi gapiradigan shimoliy xitoy tilida yuqori sifatli subtitrlarga ega 100 mingtasini tanladilar. Ovoz va subtitrlarning mos kelishi juda muhim, chunki neyron tarmoq nutqni tushunishni ulardan oʻrganadi.

Yandex brauzerining oʻzi ochilgandan soʻng darhol videoni xitoy tilidan tarjima qilishni taklif qiladi. Shunchaki “Videoni tarjima qilish” tugmasini bosish kifoya.

Oldinroq Yandex matnli soʻrovlar asosida tasvir yaratadigan “Shedevrium” neyrotarmog‘ini ishlab chiqqan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26