iPhone 14 Pro Max yoki Samsung Galaxy S23 Ultra? Deyarli bir xil narxdagi ikki flagmanni taqqoslaymiz

Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan Apple taqdimotidan soʻng ham barchamiz yangi iPhone olishga oshiqishimiz bejiz emas. Aslida rostdan ham Apple smartfonlari eng zoʻrimi?

Samsung kompaniyasi tajribasi davomiyligi jihatidan Appleʼdan ancha katta hisoblanadi. 1969-dan beri faoliyat yuritib kelayotgan kompaniya (Apple'ga 1976-yilda asos solingan) smartfonlari millionlab sodiq mijozlar va 1,5 — 2 ming dollarga sotib olishga arziydigan flagmanlarga ega. 2023-yil 1-fevralida kompaniya Samsung Galaxy S23 Ultra smartfonini taqdim qildi.

Shu oʻrinda koʻplab texnika doʻkonlarida beriladigan savol paydo boʻladi: iPhone olgan yaxshimi yoki Samsung?

Narxlar:

  • iPhone 14 Pro Max — 15 803 500 soʻm (Macbro).
  • Samsung Galaxy S23 Ultra — 16.990.000 soʻm (Elmakon)*.

*Samsung yangi flagmani yangi taqdim qilingani tufayli narxi ayni paytda yuqoriroq. Toʻgʻridan-toʻgʻri yurtimiz doʻkonlarida sotib olishning iloji yoʻq, buyurtma orqali keltirish mumkin.

Galaxy S23 Ultra — yangi 200 megapikselli sensor ekran, oʻziga xos dizayn, maxsus Snapdragon 8 Gen chipsetiga (Galaxy va One UI 5.1 uchun) ega flagman.

iPhone 14 Pro Max haqida, Appleʼning eng soʻnggi smartfoni doimo eng yaxshi smartfoni boʻlib kelgan, deyishimiz mumkin. Deyarli 6 oy oldin taqdim qilingan flagman narxi hozirda biroz “kelishib qolgan”.

Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro Max ishlashi

Tashqi koʻrinish taraflama ikkala flagman ham turli uslubga ega. IPhone 14 Pro Max uchlari klassik iPhoneʼlar kabi yumaloq burchaklarga ega, korpus zanglamaydigan poʻlatdan va ekrani tekis boʻlsa, Galaxy S23 Ultra uchli burchaklar, biroz egilgan ekran hamda alyuminiyli korpusga ega anʼanaviy oynavand plastina koʻrinishida ishlab chiqilgan.

Samsung'ning bundan oldin taqdim etilgan, yumaloq burchakka ega Galaxy S22 Ultraʼsi iPhone 14 Pro Maxʼga nisbatan qoʻlda ushlash uchun qulay boʻlgan. Yangi modelda ham shunday boʻlishiga umid qilamiz. Qisqa qilib aytganda, ikkala flagman ham oʻzidan oldingi modellarga juda oʻxshab ketadi.

iPhone 14 Pro Max va Galaxy S23 Ultra deyarli bir xil oʻlchamga ega. Galaxy S23 Ultra sal uzunasiga balandroq va ogʻirroq boʻlib, agar siz maxsus ikkalasini birga ushlab taqqoslab koʻrmasangiz buni sezmaysiz.

Tashqi koʻrinishining boshqa sifatlariga eʼtibor qiladigan boʻlsak, Galaxy S23 Ultra maxsus S Pen bilan taqdim qilingan, “ayfonda” esa bu kabi qoʻshimcha aksessuar yoʻq, istasangiz alohida sotib olishingiz mumkin, biroq uni joylash uchun iPhoneʼda maxsus slot mavjud emas.

Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro Max ishlashi

Displeylar haqida soʻzlaydigan boʻlsak,Galaxy 6,8-dyuymli Dynamic AMOLED 2X Infinity-O ekraniga ega;

iPhone 14 Pro Maxʼga esa 6,7-dyuymli Super Retina XDR paneli oʻrnatilgan.

Texnik taraflama Galaxy nisbatan zich piksellarga ega boʻlsa ham, foydalanish chogʻida siz 500 ppi va 460 ppi orasidagi farqni sezmaysiz. Har ikkala smartfon ekrani ham 120 Gs tezlikdagi yangilanishga dosh beroladi. Biroq iPhone 14 Pro Max ekrani yorugʻligi nisbatan yorqin boʻlib, ochiq havoda u 2000 nitʼni tashkil qilishi mumkin, Galaxy S23 Ultra displeyida esa bu 1750 nit.

Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro Max ishlashi

Ichki xususiyatlariga keladigan boʻlsak, yuqorida aytganimizdek, Galaxy S23 Ultra chip Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlangan. iPhone 14 Pro Maxʼga Apple A16 Bionic chip oʻrnatilgan.

Chipdagi CPU va GPU qismlarining unumdorlik darajasi oshirilgan boʻlib, bu boʻyicha S23 modellari Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlangan boshqa smartfonlardan yaxshiroq natija koʻrsatishi kerak.

Demak, Galaxy S23 modeli CPU sinovlarida S22 Ultraʼga qaraganda 30-35%, CPU va GPU kuchini koʻrsatuvchi AnTuTu 9 benchmarkida taxminan 30% yaxshiroq natija koʻrsatdi. GFX Bench va 3DMark GPU testlarida Galaxy S23 Ultra vaqti-vaqti bilan unumdorlikni ikki baravar oshira oldi. Galaxyʼning Qualcomm va iPhoneʼning A16 Bionic protsessorlari ham oʻzaro solishtirganda eng tez hamda kuchlilari hisoblanadi.

Galaxy S23 Ultra sotuvda 256 Gb, 512 Gb va 1 ТB, iPhone 14 Pro Max esa 128 Gb, 256 Gb, 512 Gb va 1TB xotira bilan taqdim qilingan. Ularninf hech qaysisi kengaytirilgan xotirani qoʻllab-quvvatlamaydi, shu sababli xarid qilish chogʻida bu xususiyatiga alohida eʼtibor bering.

Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro Max tashqi koʻrinishi

Akkumulyatorlarga kelsak, Galaxy S23 Ultraʼda u 5000 mАch, iPhone 14 Pro Maxʼniki esa nisbatan kichik — 4323 mАch sigʻimga ega.Ikkalasi ham quvvatlovchi aksessuarisiz sotiladi. Lekin siz maxsus quvvatlash moslamalarini alohida sotib olishingiz va bunda Galaxy S23 Ultra tezroq quvvat olishiga guvoh boʻlishingiz mumkin.Galaxy S23 Ultra uchun — 45 ВtiPhone 14 Pro Max uchun — 27 Вt kuchlanishdagi zaryadlash qurilmasi mos keladi. Har ikkisini ham simsiz zaryadlash mumkin.

Kameralar

Bu borada ham Galaxy S23 Ultra ustunlik qilishi mumkin, flagmanning 200 megapeksilli f/1.7 diafragmaga ega 4 ta kamerasi bor.IPhone 14 Pro Max kamerasi haqida batafsil tarif bermasak ham umumiy 3 ta, 48 megapeksil va f/1,78 aperturali asosiy kameraga egaligini hammamiz bilamiz.

Har ikkisi ham old tarafida 12 megapeksilli selfi kameraga ega.

Shunday qilib, biz ikki yirik texnologik gigantga tegishli eng yangi flagmanlarni tarifladik. Qay birini tanlash esa sizga bogʻliq. Lekin siz pulingizni qimmat smartfonga sarflamay Appleʼdan yangi oʻyin uchun maxsus ulkan video-xotiraga ega Mac ishlab chiqarilishini kutishingiz va uni xarid qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

OnePlus Ace 3 Pro: 6100 mA/soat batareya va Snapdragon 8 Gen 3 chipli smartfon
Bitta zaryad bilan smartfon 2 kun ishlashi mumkin. Bu natijaga yangi turdagi akkumulyatorlardan foydalanish orqali erishildi.
Smartfon
30 iyun, 09:55
Xiaomi o‘z smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi: sababi nimada ?
Xiaomi, Apple kabi, yangi Redmi 13 smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi. Endi bu moslamalar qutiga kiritilmaydi.
Smartfon
27 iyun, 11:15
Google qidiruvda yana yangilik: uzluksiz sahifalarni yuklash toʻxtatilmoqda, an'anaviy sahifalash qaytmoqda
Oʻzgarishning asosiy sababi qidiruv tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
Texnologiya
26 iyun, 10:48
BYD O‘zbekiston avtomobil bozorida top uchtalikka kirmoqda
Kompaniya bozorni ishonchli o‘zlashtirmoqda
Avto
26 iyun, 10:10