Biz bilgan va bilmagan dunyo fotograflar nigohida: Jahon matbuoti fotosuratlari-2023 tanlovining mintaqaviy gʻoliblari aniqlandi

Bu safar 2022-yilning global muammolari: urush, norozilik namoyishlari va global iqlim inqirozlarini gavdalantirgan 24 nafar gʻolib va ​​olti nafar laureatlar taqdirlandi. Suratlar orasida O‘zbekiston ham tasvirlangan.

2023-yilgi tanlovga 130 ga yaqin davlatdan 60 000 dan ortiq arizalar kelib tushgan. Tahririyatimiz fikriga koʻra, eng taʼsirli va haqqoniy deb topilgan fotosuratlarni izohi bilan taqdim etamiz:

Afrika qitʼasi

“Jodugarlar lageri”

Fotograf Ley-Enn Olveyj “Buyuk unutish” nomli rasmi.

Oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi oshgani sayin, Gana, umuman Afrika davlatlarida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy-madaniy muammoga oshib bormoqda. Bunda kasalliklarning turlari shu qadar koʻpki, oddiy xalq ularning nomlari va asorat bilan tanish emas.

Natijada tabiatan nozikroq boʻlgan ayollarda nomaʼlum kasallik alomatlari paydo boʻlganda ularni jodugar deb atashadi va “jodugarlar lagerlari”ga yuboriladi. Fotografning tasvirlari ana shunday sayyoraning omma eʼtiboridan chetda qolgan, biroq muhim holatlarini aks ettiradi.

Yangi poytaxt pardasi ortidagi haqiqat…

Nik Xannes “Hikoyalar” nominatsiyasida Misr hukumatining Qohiraning sharqidagi Yangi maʼmuriy poytaxt (NAC) loyihasi tasvirlangan toʻrtta surat bilan gʻolib chiqdi.

2015-yilda Misr hukumati vazirliklar, yetakchi kompaniyalarni joylashtirish, shaharda surunkali tirbandlik va ifloslanishni kamaytirish uchun Qohiraning sharqiy sahrosida yangi maʼmuriy poytaxt (NAC) qurishni boshladi. Dubaydan ilhomlanib loyihalashtirilgan yangi shahar 6,5 million kishini sigʻdira oladi.

Loyiha tanqidchilari bu shahar bir hovuch amaldorlar va prezident Abdul Fattoh as-Sisining hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qiladi, deb taʼkidlaydi. 

Fotografning mazkur tasvirlari yangi poytaxt shov-shuvlari “soyasida qolib ketgan” neoliberal shahar rivojlanishi, mehnat va tengsizlik tushunchalarini yoritib beradi.

Suvsiz qolgan Marokash

Muhammed Kilitonning gʻolib deb topilgan fotosuratlari Marokashdagi VII Mentor dasturiga bagʻishlangan.

Marokashda insonning halokatli faoliyati va global isish natijasida mavjud ekotizim halokat yoqasiga kelib qolgan. Marokash vohali hududlarining taxminan uchdan ikki qismi oʻtgan asrda haroratning doimiy koʻtarilishi, yongʻinlar va suv yetishmasligi kabi omillar tufayli yoʻq boʻlib ketdi.

Bu oʻz navbatida, yashash tarziga taʼsir etib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining kamayishiga, qashshoqlik va aholining uylarini tashlab ketishiga sabab boʻladi. 

“Qishloqning yo‘qolishiga suv aybdor emasdi..” — erkin format nominatsiyasi

Ushbu nominatsiyada Muhammad Mahdiyning “Bu yerda darvozalar meni tanimaydi” loyihasi gʻolib boʻldi.

Ushbu veb-loyiha dengiz sathining koʻtarilishi Misrning Iskandariya shahridagi Al Maks baliqchi qishlogʻining bugungi nochor ahvolini koʻrsatib bergan. Asrlar davomida qishloq aholisi Oʻrta Yer dengiziga olib boradigan kanal boʻyida yashab, ishlagan.

“Bu yerda meni darvozalar tanimaydi…”
“Bu yerda meni darvozalar tanimaydi…”

2020-yilda Misr hukumati Al Maksning ayrim qismlarini quvib chiqarishni va odamlarni kanallardan bir necha kilometr uzoqlikdagi uy-joylarga koʻchirishni boshladi, bunda nafaqat uylar buzib tashlandi, balki hududga xos boʻlgan mahalliy madaniyatga ham xavf tugʻdirdi.

Mazkur suratlar global iqtisodiy va ekologik notinchlik paytida odamlarda paydo boʻlgan umidsizlik va ertangi kunga nisbatan ishonchsizlik haqida hikoya qiladi.

Osiyo — Afg‘oniston

Associated nashri xodimi Mayya Levin “Shirin Abu Aklening dafn marosimi” rasmi bilan Osiyo qitʼasi uchun moʻljallangan yakka loyihalar yoʻnalishida gʻolib chiqdi.

Falastin-Isroil mojarosidagi koʻplab tasvirlar muallifi — muxbir Abu Akle Gʻarbiy Sohildagi Jeninda Isroil harbiy reydini yoritib yurgan vaqtida otib oʻldirilgan. Yana bir jurnalist voqea joyida yaralangan.

Keyinchalik Isroil harbiylari Abu Aklening isroillik askar tomonidan otib oʻldirilgani ehtimoli katta ekanligini tan oldi.

“Narxi qancha tinchlikni ayting?!”

Mads Nissen (Politiken/Panos Pictures) “Afgʻonistonda tinchlik bahosi” obrazi uchun bosh mukofotga sazovor boʻldi.

2021-yil avgust oyida AQSh qoʻshinlari va ularning ittifoqchilari Afgʻonistondan olib chiqib ketilganidan soʻng, Tolibon hokimiyat tepasiga keldi. Bunga javoban boshqa davlatlar oʻz yordamlarini bekor qildi va Afgʻonistonning chet elda joylashtirilgan milliardlab dollar zaxiralarini muzlatib qoʻydi. Bu esa 2022-yilda kuchli qurgʻoqchilik va iqtisodiy inqirozni yanada kuchaytirdi.

BMT maʼlumotlariga koʻra, hozir mamlakat yarim aholisi va 1 milliondan ortiq bolalar toʻyib ovqatlanmaydi.

Fotografning suratlari afgʻonlar kundalik hayotida duch keladigan koʻplab qiyinchiliklar haqida hikoya qiladi.

O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ekologik muammolari

Markaziy Osiyoning ekologik inqirozga uchragan toʻrtta davlatidagi holatni Anush Babajanyan (Agentlik VII/National Geographic Society) yoritdi.

Markaziy Osiyoning dengizga chiqish imkoni boʻlmagan toʻrtta davlati iqlim inqirozi va umumiy suv taʼminoti boʻyicha turli muammolar bilan kurashmoqda. Sirdaryo va Amudaryoning yuqori oqimida joylashgan Tojikiston va Qirgʻiziston qishda qoʻshimcha energiyaga muhtoj.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston quyi oqimda yozda qishloq xoʻjaligi uchun suvga muhtoj. Muammolar yildan-yilga kuchaymoqda.

“Ayol, hayot, erkinlik”

Osiyo mintaqasi boʻyicha nominatsiyada yana bir fotograf Husayn Fotemiyning “Ayol, hayot, erkinlik” asari eʼtirof etildi.

Ushbu foto loyiha Reza ismli yosh namoyishchining hayotini saqlab qolgan eronlik hamshira hayotida haqida hikoya qiladi. Kadrlar Eron koʻchalarida namoyishchilar duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida tasavvurlarni jonlantiradi: 2022-yil 16-sentyabr kuni 22 yoshli kurd ayoli —Mahsa Amini politsiya tomonidan qoʻlga olinganidan soʻng vafot etdi.

Shundan soʻng mamlakatda ayollarning kiyinishi va xulq-atvorini cheklovchi mamlakat qoidalari va vafot etgan Amilini qoʻllab-quvvatlab norozilik namoyishlari tezda kuchayib, butun mamlakatni qamrab oldi. Bunga javoban Islom Respublikasi internet uzib qoʻydi va qoʻzgʻolonlarni shafqatsizlarcha bosdi. Kasalxonalar rejim tomonidan nazorat qilinganligi sababli, namoyishlar paytida jarohat olgan har bir kishi tibbiy yordamga murojaat qilganidan keyin hibsga olinishi va tahdidga uchrashi xavfi ortgan.

Yevropa

Yevropa qitʼasi boʻyicha yakka gʻoliblar orasida Ukrainadagi mashʼum voqealarni professional tarzda yoritgan Reuters muxbiri Alkis Konstantinidis ham bor. U Yana Bachekning 2022-yil 18-aprelda Xarkov shahrini otishma paytida non sotib olayotganda halok boʻlgan otasi Viktor Gubarevning jasadi ustida yigʻlayotgani tasvirini tanlovga yuborgan.

Xuddi shu voqealarga bagʻishlangan yana bir fotosuratchi — Yevgeniy Maloletkaning “Mariupol qamali” rasmlar seriyasi ham taqdirlandi.

Maloletka mazkur tarixiy notinch davrlarning ilk oylarida Ukrainadagi voqealarni suratga olgan kam sonli fotosuratchilardan biri edi. Hakamlar hayʼati fotografning olovlar ostida qilgan mehnatini munosib baholab kasbiy jasoratini eʼtirof etdi.

Uzoq muddatli loyihalar

Global ekologik muammolar Yevropada ham dolzarb hisoblangan bir paytda Simone Tramontening “Net-Zero Transition” loyihasi tabiatni asrashga qaratilgan yangi texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yoritadi.

Batafsil sovrindorlar ro‘yxati bilan World Press Photo rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Avvalroq uysiz qolgan tulki surati 2023-yilning eng zo‘r yovvoyi olam tasviri deb topilgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04