Uysiz qolgan tulki surati 2023-yilning eng zo‘r yovvoyi olam tasviri deb topildi
British Wildlife Photography Awards (BWPA) 2023 gʻoliblari eʼlon qilindi. Qizil tulkining vayronaga aylangan oʻrmonidan oʻtayotgan surati bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Charli Peyjning gʻolib boʻlgan suratida qizil tulkining “uy”ini oʻrnida zavod qurilgani tasvirlangan: “Men bu hududga tulkilar tez-tez borishini bilardim va tulki uy deb ataydigan mahalliy oʻrmonning vayronagarchiliklarini koʻrsatish uchun zavod fonida suratga olishni xohlardim”, deydi Peyj. “Umid qilamanki, yovvoyi tabiat fotosuratchilari kelgusi yillarda bunday manzaralarga duch kelmaydilar.“
Qushlarni himoya qilish Qirollik jamiyati (RSPB) maʼlumotlariga koʻra, Billi Evans-Freke yilning eng yaxshi yosh yovvoyi tabiat fotosuratchisi boʻldi. Uning gʻalaba qozongan suratida toʻq rangli boyoʻgʻli daraxt shoxida oʻtirgani tasvirlangan. RSPB yoshlarni ochiq havoda koʻproq jalb qilishga undash uchun mukofotni qoʻllab-quvvatlaydi.
“Bu yilgi tanlovda ishtirok etgan iqtidorli fotosuratchilar bizga Britaniya tabiati olamiga bir oyna ochdi”, dedi BWPA direktori Uill Nikolls. “Bu Buyuk Britaniyada hali ham saqlanib qolgan va bizning gʻamxoʻrlik va himoyamizga muhtoj boʻlgan yovvoyi joylar haqida muhim eslatmadir.“
Katta yoshli fotosuratchilar 10 ta nominatsiya boʻyicha bellashdilar: Hayvonlarning xulq-atvori, Hayvonlar portreti, Britaniya botanikasi, Qora va oq, Britaniya fasllari, Sohil va dengiz, Yashirin Britaniya, Shahar yovvoyi tabiati va “Yovvoyi oʻrmon”. Yosh fotosuratchilar uch yosh toifasida bellashdilar: 11 yoshgacha, 12-14 yosh va 15-17 yosh.
Portret nominatsiyasi
Britaniya botanikasi
Qora va oq
Britaniya fasllari
Sohil va dengiz
Yashirin Britaniya
Yovvoyi oʻrmon
"11 yoshgacha" kategoriyasi
"12-14 yosh" kategoriyasi
2024 yilgi tanlov uchun arizalar qabuli bwpawards.org saytida boshlandi.