Sony World Photography Awards 2023 — vayron qilingan sement zavodi, maxluq-odamlar, shahar yenotlari guruhi va boshqa eng professional fotosuratlar
Foto
14 aprel, 16:34
14-apreldan 1-maygacha Somerset-Houseʼda Sony World Photography Awards koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Quyida mazkur koʻrgazmaga qoʻyilgan va joriy yilning eng professional rasmlari tanlovida gʻolib deb topilgan suratlarni izohi bilan taqdim etamiz. Izohlar rasmlardan ham qiziqroq.

Martins mazkur kompozitsiyasi haqida shunday deydi: “2011-yilda mening fotojurnalist doʻstim Anton Xammerl mavjud siyosiy rejim tarafdorlari va Qaddafiyga qarshi kuchlar oʻrtasidagi mojaroni yoritish uchun Liviyaga borgan edi. 5-aprel kuni u hukumat militsiyasi tomonidan oʻgʻirlab ketilgan va oʻldirilgan. Uning tanasini topish boʻyicha tergovda muvaffaqiyatga erishilmaganidan hafsalasi pir boʻlib, 2022-yilda Liviyaga bordim. Ilgari nashr etilmagan ushbu asar Antonning portreti sifatida u suratga olgan va tanishgan odamlar, shuningdek, mojaroning boshqa ishtirokchilari orqali tuzilgan”.

Yaponiyaning eng muhim zamonaviy fotograflaridan biri Kavauchi kundalik hayotning vaqtinchalik lahzalarini aks ettirgan samimiy va yorqin fotosuratlari bilan xalqaro miqyosda shuhrat qozongan.

Sement zavodi: Fan Li, Xitoy (Arxitektura va dizayn yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻrin).
Tieshan sement zavodi Xitoyning janubidagi Guilin shahrida joylashgan. Zavod 1996-yilda qurilgan va Guilinning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol oʻynagan. Biroq, zavod dastlab Guilin shahridagi Li daryosi manzarali hududida joylashganligi sababli, zavod boshqa joyga koʻchirildi.
Lupus Hominarius Italiyaning Kalabriya shahridagi oborotenlar (turli maxluqlarga aylanadigan odamlar) haqidagi afsonalarni tasvirlaydi. Xalq ogʻzaki ijodiga koʻra, laʼnat, infeksiya, tishlash yoki qora kuchlar taʼsirida insonlar oborotenga aylanadi. Kalabriyaning koʻplab shaharlarida keng tarqalgan afsona “toʻy kechasi” bilan bogʻliq boʻlib, kelin oʻzining boʻri eri qoʻlida halok boʻladi. Koʻpincha bunday ertaklar ayollar ayniqsa tunda yolgʻiz yurmasliklari uchun yaratilgan.

Cities Gone Wild — bu turli hayvonlar yoʻqolib ketayotgan bir paytda omon qolish uchun
moslashishga majbur boʻlgan uchta aqlli hayvonlar – qora ayiqlar, koyot va yenotlarni tadqiq qilish natijalarini tasvirlaydi. Arnold yovvoyi tabiat oʻsib borayotgan urbanizatsiyaga qanday moslashayotgani haqida yaxshiroq tasavvurga ega boʻlish uchun AQSh shaharlarida ushbu hayvonlarni kuzatdi.

Egungun — bu ajdodlar ruhlarini ulugʻlaydigan yashirin vudu jamiyati. Unda ruhlar oʻzlarining
tirik qarindoshlarini doimo kuzatib turishadi, deb hisoblashadi va ularni duo qiladi, himoya
qiladi, ogohlantiradi, lekin agar ularga eʼtibor bermasalar, jazolashlari mumkin, mazmunidagi
tushunchani ilgari suradi. Ruhlar, shuningdek, jamiyatni oʻlatdan, jodugarlikdan va yovuz
odamlardan himoya qilishi mumkin, hattoki ularni yer yuziga jismonan qaytarish mumkin. U
holda, Egungun koʻchalari paydo boʻladigan, sakrab, raqsga tushadigan va baland ovozda
yigʻlayotgan bu ruhlarning qabulxonasiga aylanadi.

Mundialito — Janubiy Amerikadagi eng muhim mahalliy futbol kuboklaridan birining laqabi. Tadbir 1992-yilda boshlangan va hozirda Amazonning Peru, Boliviya hamda Kolumbiya jamoalaridan 80 ta erkaklar va 32 ta ayollar jamoalarini 12 kunlik chempionatda birlashtiradi. Biroq, kubokning asl ahamiyati futbol bilan bogʻliq emas. Mundialito mahalliy Amazon jamoalariga taʼsir qiluvchi parchalanib ketayotgan kuchlarga qarshi qarshilik koʻrsatish, zarba berishning ijtimoiy va siyosiy funksiyasini bajaradi.
Avvalroq 2022-yilning global muammolari: urush, norozilik namoyishlari va global iqlim inqirozlari orasida O‘zbekiston ham tasvirlangan Jahon matbuoti fotosuratlari-2023 tanlovining natijalari taqdim qilingan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI