Navbatdagi kamera battle: Oppo Find X6 Pro va iPhone 14 Pro Max kamera imkoniyatlari solishtirildi

Ice Universe nomi ostida blog yuritadigan taniqli insayder oʻz sahifasida Oppo Find X6 Pro va iPhone 14 Pro Max kameralarida olingan suratlarni taqqosladi.

Chap tomonda Oppo Find X6 Pro, oʻngda iPhone 14 Pro Max suratlari. Barcha rasmlar 3x rejimida olingan. Koʻpgina tasvirlarda Oppo Find X6 Pro kamerasi shovqinsiz, ancha tiniqroq suratga olishini sezish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oppo Find X6 Pro dunyodagi eng yaxshi kamerali telefon nomiga daʼvogar hisoblanadi. U bir dyuymli Sony IMX989 tasvir sensori va ikkita qoʻshimcha Sony IMX890 sensoriga ega.

Maʼlumot uchun, Oppo bir necha hafta oldin Xitoyda yangi Oppo Find X6 va X6 Pro smartfonlarini taqdim etdi va oldindan buyurtmalar boʻyicha rekord oʻrnatgan edi.

Oldinroq Oppo Find X6 Pro smartfoni iPhone 14 Pro bilan solishtirilgan va Apple qurilmasi “hujjatli filmi”ni “qo‘rqinchli” filmga aylantirib qo‘ygandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26