Oppo Find X6 Pro'ning “hujjatli filmi” iPhone 14 Pro’da “qo‘rqinchli” filmga aylandi

Oppo Find X6 Pro kamerasining imkoniyatlarini namoyish qilish chog‘ida smartfon iPhone 14 Pro bilan solishtirildi va… Apple flagmani “mot” bo‘ldi.

Oppo Find X6 flagmani iPhone 14 Pro Max’dan kamerasi kuchi bilan ustun bo‘lib chiqdi. 

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, eng minimal yorug‘lik manbai, ya'ni sham yordamida yoritilgan muhitda olingan portret rejimidagi tasvirlar solishtiruvi mutlaqo Xutoy flagmani foydasiga ishladi.  iPhone “ujastik” portret tasvirga olgan bo‘lsa, Oppo smartfoni tasviri yorqin va aniqligi bilan qoyil qoldiradi.

Oppo Find X6 Pro taqdimoti kechagina bo‘lib o‘tdi va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu smartfon Xitoydan tashqarida sotilmaydi.

Ice Universe birinchi bo'lib sharsharali ekranli smartfonlar uchun yangi tendentsiya, Dynamic Island’li iPhone 14’ning yangi dizayni va 200 megapikselli turli xil tasvir sensorlari haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun, xitoylik ishlab chiqaruvchilar doimo o‘z texnologiyalarini Apple mahsulotlari bilan solishtirishni “xush ko‘rishadi”.

Shu kabi taqqoslash  o‘tgan yili taqdim qilingan 43 000 dollarlik Xiaomi 12S Ultra Concept Machine va iPhone 14 Pro Max suratga olish imkoniyatlari boʻyicha qilingan edi. Nima deb o‘ylaysiz, kimning kamerasi kuchliroq bo‘lgan edi?

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44