Oppo Find X6 va Find X6 Pro kamerafonlari bir zumda bestsellerga aylandi

Smartfonlar bir necha kun oldin sotuvga chiqarilgan bo‘lsada, Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan gadjetlarga aylanishga ulgurdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Oppo Find X6 va Find X6 Pro mashhur Jingdong va Tmall platformalarida eng ko‘p sotilayotgan Android qurilmalariga aylandi. Biroq, doimgidek ishlab chiqaruvchi aniq savdo ko‘rsatkichlarini taqdim sir tutmoqda.

Hozirda Oppo Find X6 Pro o‘zining kamera tizimi bilan eng yaxshi DxOMark kamerali telefon nomiga da'vo qilmoqda. Lekin smartfonning to‘liq tahlili hali chiqmadi.

Oppo Find X6 Pro smartfoni jigarrang, yashil va qora ranglarda ishlab chiqilgan. Yashil va qora rangli variantlar esa ko'rinishidan barmoq izini saqlamaydigan shishadan tayyorlangan.

Oddiy model esa oltin, yashil va qora ranglarda chiqariladi.

Narxlari quyidagicha:

  • Oppo Find X6 Pro 12/256 GB – 5,999 yuan, ≈871 dollar
  • Oppo Find X6 Pro 16/256 GB – 6,499 yuan, ≈943 dollar
  • Oppo Find X6 Pro 16/512 GB – 6,999 yuan, ≈1015 dollar
  • Oppo Find X6 12/256 GB – 4,499 yuan, ≈653 dollar
  • Oppo Find X6 16/512 GB – 4,999 yuan, ≈726 dollar

Oppo Find X6 seriyasi hozirda faqat Xitoyda sotuvga chiqarilgan. Smartfonlarning global bozorga chiqarilishi haqida hozircha hech qanday ma'lumotlar yo'q.

Avvalroq Oppo Find X6 Pro kamerasining imkoniyatlarini namoyish qilish chog‘ida smartfon iPhone 14 Pro bilan solishtirilgani va Apple flagmani “mot” bo‘lgani haqida yozgan edik.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44