Apple M4 Pro va M4 Max chipli yangi kuchli MacBook Pro modellarini taqdim etdi. Narxlarini e’lon qildi.

M4 MacBook Pro'da yangilangan protsessor albatta muhim, lekin yana katta qulaylik – Thunderbolt ulagichlarining koʻpaygani. Bu kichik oʻzgarishdek tuyulsa-da, bir vaqtning oʻzida ko‘proq qurilmalarni (monitor, tashqi xotira, zaryadlovchi va boshqalar) ulash imkonini beradi.

Apple M4 Pro/M4 Max

Apple yangi 14 va 16 dyuymli MacBook Pro modellarini M4 Pro va M4 Max chiplar bilan taqdim etdi, shuningdek, arzonroq 14 dyuymli M4 chipli MacBook Pro ham sotuvga chiqmoqda.

Yangi M4 Pro va M4 Max chipli noutbuklar standart konfiguratsiyada minimal 24 GB unifikatsiyalangan xotira bilan taqdim etiladi (oldingi modellarda bu 18 GB edi).

Unifikatsiyalangan xotira – bu MacBook Pro’dagi operativ xotira va grafik xotiraning birlashtirilgan turi. 

Ikkala modelda ham uchta Thunderbolt 5 porti mavjud bo‘lib, ular Bandwidth Boost funksiyasi orqali 120 Gbit/s gacha tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi — bu Thunderbolt 4 bilan solishtirganda uch barobar ko‘p. Yangi standart USB-C orqali DisplayPort 2.1 ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Thunderbolt 5 to‘liq USB4 bilan mos va PCIe 4.0 kabi ilg‘or protokollarni qo‘llaydi.

Apple M4 / M4 Pro / M4 Max
Apple M4 / M4 Pro / M4 Max

M4 Pro 14 yadroli CPU bilan jihozlangan bo‘lib, unda 10 ta yuqori samarali va to‘rt ta energiya tejamkor yadrolar mavjud. Grafik protsessori esa 20 yadroli bo‘lib, Apple ma'lumotiga ko‘ra, bu M4 chipiga qaraganda ikki barobar kuchliroq. Yangi M4 Pro MacBook Pro xotira o'tkazuvchanligini oldingi avlodga nisbatan 75% ga oshiradi va M1 Pro modellariga nisbatan uch barobar tez ishlaydi.

Eng kuchli M4 Max esa 16 yadroli CPU, 40 yadroli GPU va oldingi M1 Max ga nisbatan uch barobar tez ishlovchi Neural Engine bilan ta’minlangan.

Apple ma'lumotiga ko‘ra, M4 Max MacBook Pro'ning samaradorligi M1 Max dan 3,5 barobar yuqori. M4 Max 128 GB gacha unifikatsiyalangan xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.

16 dyumli modelda M4 Pro protsessorini majburiy xarid qilishga to'g'ri keladi va uning narxi $2,500 dan boshlanadi.
16 dyumli modelda M4 Pro protsessorini majburiy xarid qilishga to'g'ri keladi va uning narxi $2,500 dan boshlanadi.

Barcha modellarda Liquid Retina XDR displey mavjud bo‘lib, yangi nano-textura opsiyasi bilan SDR (standart dinamik diapazon) kontentni 1000 nitgacha yorqinlikda aks ettiradi.

Shuningdek, yangi 12 megapikselli Center Stage kamerasi murakkab yorug‘lik sharoitlarida ham aniq va sifatli video tasvirlarni taqdim etadi. Kamera Desk View funksiyasiga ega bo‘lib, u yuzingiz va pastdagi stol yuzasini bir vaqtning o‘zida ko‘rsatish imkonini beradi.

M4 Pro modeli 22 soatgacha, M4 Max modeli esa 18 soatgacha quvvat bilan ishlashga qodir.

Barcha MacBook Pro modellarida 8K gacha ruxsatdagi HDMI porti mavjud. M4 Pro modeli Thunderbolt yoki HDMI orqali 60 Gts chastotada 6K ruxsatdagi uchta displeyni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Apple M4 Pro bir 6K (60 Gts) va bir 8K (60 Gts) yoki 4K (240 Gts) ruxsatdagi displeyni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qo'shimcha xususiyatlar:

- SDXC karta sloti
- MagSafe 3 quvvatlash porti
- Quloqchin porti
- Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3

Narxlar va sotuvga chiqish sanasi:

Sotuv 8-noyabrdan boshlanadi.

14 dyuymli MacBook Pro 1600 dollardan, 16 dyuymli MacBook Pro esa 2500 dollar narxda sotuvga chiqadi.

Manba: 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47