Teslakent yoki Mars-siti? Ilon Mask oʻz xodimlari uchun shahar barpo etmoqchi

Mazkur hududda allaqachon qator uylar, suzish havzasi, ochiq sport maydonchasi va sport zali uchun chizmalar hamda “Xush kelibsiz, Snailbrook, tx, est. 2021” degan yozuvlar bor.

Wall Street Journal’ning payshanba kungi xabariga koʻra, Ilon Mask va uning kompaniyalari bilan bogʻliq tashkilotlar uning xodimlari yashashi va ishlashi mumkin boʻlgan shaharni barpo etish umidida Texas shtati, Ostin shahri yaqinidan 3500 gektardan koʻproq yer sotib olgan va hozirda shaharni Snailbrook nomi bilan atashni rejalashtirmoqda.

Mask shaharni hozirda qurilayotgan Boring Company va SpaceX inshootlari yonida qurishni rejalashtirmoqda.

Bo‘lajak shahardagi bir va ikki xonali uylar uchun xodimning maoshidan har oy taxminan 800 dollar ijara haqqi sifatida olib qolinadi. Agar xodim ishdan boʻshatilsa yoki ish joyini tark etsa, xonadonni boʻshatish uchun unga 30 kun muhlat beriladi.

Shu kungacha texnologik kompaniyalar kollej yotoqxonalarini ijaraga olib xodimlari uchun turar joylar tashkil etishgan va shu bilan ularning uzoqroq muddat ishlashini taʼminlay olishgan boʻlsa, Mask bu darajaga oʻz shahrini qurish orqali erishmoqchi.

Ilon Mask “Texas utopiyasi” — Snailbrook shahrini barpo etmoqchi
Ilon Mask “Texas utopiyasi” — Snailbrook shahrini barpo etmoqchi

Xabarlarga koʻra, Mask oʻzining Boring Co., Tesla va SpaceX kompaniyalari xodimlari “bozor narxidan past ijara toʻloviga ega uylar bilan taʼminlashini” rejalashtiryapti.

Snailbrook loyihasi, 100 dan ortiq uy, basseyn va ochiq sport maydonchalari va obodonlashtirish hududga ega shahar kompleksini oʻz ichiga oladi.

Maʼlumot uchun, 2020-yilda Mask Tesla shtab-kvartirasini va shaxsiy qarorgohini Kaliforniyadan Texasga koʻchirishini eʼlon qilgan va Kaliforniyadagi koronavirus cheklovlaridan noroziligini aytgandi. Tesla oʻtgan yili Ostinda yangi Gigafactory ochdi. SpaceX va Boring Co. ham Texasda oʻz obyektlariga ega. 

Ayni paytda esa, Boring Co. kompaniyasi Ostin shahri maʼmuriyati bilan shaharda tunnellar qurish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

Tesla, SpaceX yoki Boring Co. hozircha mazkur xabarlarga rasmiy izoh bermadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04