Samsung oʻzining Google qidiruv tizimini Bingga almashtirmoqchi

Google’ning doimo ishonchli boʻlib kelgan qidiruv tizimi ayni paytda xavf ostida. Chunki Samsung Electronics oʻz smartfonlarida oʻrnatilgan Google qidiruv tizimini Microsoft Bing bilan almashtirmoqchi.

Qidiruv tizimlari bozorida kichik ulushga ega boʻlgan Microsoft Bing esa yil boshidan buyon sunʼiy intellektga asoslangan modelni qoʻshgach, foydalanuvchilari soni ham tez surʼatlar bilan kengaymoqda.

New York Times nashriningxabar berishicha, Samsung Electronics har yili yuz millionlab Android smartfonlarini ishlab chiqaradi va Googleʼning asosiy hamkorlaridan biri sifatida qidiruv tizimini almashtirish haqida oʻylayotgani juda muhim oʻzgarishdir. Google kompaniyasining yillik sotuvidan taxminan 3 milliard dollar aynan Samsung Electronics kompaniyasiga toʻgʻri keladi.

Googleʼning rasmiy pozitsiyasi shundan iboratki, “Android smartfon ishlab chiqaruvchilari (shu jumladan Samsung Electronics) foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun boshqa kompaniyalar texnologiyasini oʻzlashtira oladi”.

Ammo hozircha Samsung Electronics aniq bir qarorga kelganicha yoʻq: Google bilan muzokaralar davom etayotgani va Samsung Electronics kompaniyasining Google qidiruv tizimidan foydalanishda davom etishi ehtimoli borligi haqida xabar berilmoqda.

Ma’lumot uchun, Google ayni paytda Project Magi deb nomlanuvchi mutlaqo yangi qidiruv tizimiustida ishlamoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44