Tetris ixtirochilari o‘yindagi xatoliklardan tortib musiqasi yaratilishigacha bo‘lgan sirlarni bo‘lishdi

Barcha davrlarning eng taniqli video oʻyinlaridan biri — Tetrisni ishlab chiqqan Aleksey Pajitnov (oʻyinni Rossiyada oʻylab topgan) va Xenk Rojers (oʻyinni Gʻarbda ommalashtirishda muhim rol oʻynagan) nomlari avvaliga unchalik taniqli boʻlmagan. Biroq, Apple TVda taqdim etilgan “Tetris” filmidan soʻng oʻyin tarixida muhim rol oʻynagan bu ikki shaxs dunyoga tanildi.

Filmda ularning doʻstligi va biznes hamkorligi haqidagi haqiqiy voqealar qiziqarli tarzda yoritib berilgan. Film haqida batafsil mazkur maqolamizda o‘qing: https://giglink.uz/p/1786501

Ars Technicaʼs latest Unsolved Mysteries (Ars Technicaʼsining fosh qilinmagan eng soʻnggi sirlari) videosida Pajitnov va Rojers oʻyinning eng dastlabki yaratilishi haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, Game Boy Tetris muxlislarining yillar davomida miyasiga oʻrnashib qolgan “Коробейники“ — Tetris musiqasining kelib chiqishiga ham toʻxtalib oʻtishdi.

“1988-yilda, men Tetrisni Yaponiyada birinchi marta taqdim etganimda…bilardimki, Aleks Tetrisning Sovet Ittifoqi bilan bogʻlanishini xohlamasdi”, dedi Rojers Arsga. “Shuning uchun men Rossiya tarixini izlab bir nechta xalq qoʻshiqlarini topdim”.

Pajitnov oʻyin dastlab rus Elektronika 60 (gʻarbdagi PDP-11ning analogi)da 700-800 qatorli PASCAL dasturida qanday dasturlashtirilganligini tushuntirib beradi, u mashinaning yashil matnli qora ekranida bloklarni ifodalash uchun kvadrat qavslardan foydalanishi kerak edi. Keyinchalik oʻyin keng doiradagi shaxsiy kompyuterlar uchun C dasturlash tiliga koʻchirildi va Nintendo asl tetrislari uchun esa 6502 dan foydalanildi.

Biroq, dastlabki kodlashda bir nechta xatoliklar boʻlgan. “Men tasodifiy sonlar generatorida muammolarga duch keldim, chunki u har doim bir xil raqamdan boshlanardi. Uni ishga tushirishim uchun esa boshqa tasodifiylikni qoʻshishim kerak edi”, dedi Pajitnov.

Yillar davomida bu tasodifiy standartlashtirilgan “xatoliklar tizimi”ga aylandi va uzun “I” barlar orasida hech qachon 13 dan ortiq raqam boʻlmasligiga olib keldi.

“Men oʻyinda nimadir yetishmayotganini doim his qilardim”, dedi Rojers bu tasodifiy tizim haqida. Intervyu davomida Rojers va Pajitnov oʻyinni yaratishga ilhomlantirgan yogʻoch blokli jumboqlar, Tetris nomining kelib chiqishi va “T-spin” bonuslari kabi sirli tafsilotlar haqidagi tortishuvlar haqida koʻplab qiziqarli hangomalar bilan boʻlishdi. Shuningdek, Rojers Tetris oʻyinining ommalashishi va Sovuq urushning tugashi bir vaqtga toʻgʻri kelgani haqida badiiy oʻxshatishlar qildi.

Rojers va Pajitnov/“Tetris” filmidan
Rojers va Pajitnov/“Tetris” filmidan
“Tetris dunyoga yopiq va ochiq tizimdagi davlatlarda yashovchi insonlarning barchasi oddiy odamlar ekanligini tushuntirish uchun uzoq yoʻlni bosib oʻtdi”, dedi Rojers. “Bizni xuddi shu narsa boshqaradi. Biz bir xil oʻyinlarni oʻynaymiz va misol uchun siyosat kabi narsalar, doʻstlik bilan hech qachon tenglasha olmaydi.“

Ma’lumot uchun, Apple TV+ “Tetris” filmini mart oyida taqdim etgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44