Xiaomi 13 Ultra 1% batareya quvvati bilan bir soat ishlay oladi
Smartfon
15 aprel, 14:47
Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi 13 Ultra kamerali telefoni haqida tafsilotlarni oshkor etishda davom etmoqda. Bu safar kompaniya qurilmaning komponentlar bazasida oʻziga xos dizayndagi ikkita chip —Surge P2 va G1 borligini aytdi.
Ikkala chip ham zaryadlanishning quyi tizimida ishlatiladi.
Ushbu chiplar va oʻzgartirilgan dasturiy komponent tufayli Xiaomi 13 Ultra bir martalik olingan zaryadi nisbatan uzoq vaqtga yetadi. Ishlab chiqaruvchilarning taʼkidlashicha, smartfon 1% quvvatlanganida qurilma bir soat ishlay oladi. Yoki 12 daqiqa qoʻngʻiroqda suhbatlashish mumkin boʻladi.
Xiaomi hali akkumulyator sigʻimi haqida batafsil maʼlumot bermagan, biroq dastlabki maʼlumotlarga koʻra, u 4900 mA/soatni tashkil qiladi. Shuningdek, qurilma 90 Vt simli zaryadlash va 50 Vt simsiz quvvatlanish variantlariga ega.
Eslatib oʻtamiz, smartfonning rasmiy premyerasi 18-aprel kuni boʻlib oʻtadi. U bilan birga Xiaomi Pad 6 planshetlari va Mi Band 8 fitnes brasleti ham namoyish qilinadi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar
Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04