Xiaomi 14 Ultra “raspakovkasi” va o‘zgarishlar haqida

Xiaomiʼning eng soʻnggi modeli — Xiaomi 14 Ultra xitoycha yangi yildan soʻng taqdim qilindi. Oʻtgan yil chiqqan Xiaomi 13 Ultraʼning qoyilmaqom kamerasi va xususiyatlari haqida yetarlicha tahlil qilgan edik. Navbatdagi model undan ham yaxshiroq boʻladimi-yoʻqmi, quyida koʻrib chiqamiz.

“Raspakovka”

Yangi Xiaomi 14 Ultra ham 13 kabi bir xil qora qutida keladi va tashqi koʻrinishi oʻzgarishsiz qolmoqda.

Qoʻshimcha aksessuarlar ham bir xil: karta uchun nina, qoʻllanma va telefon qutisi. Asosiylaridan, zaryadlash kabeli va adapteri bor. Telefon chexoli nisbatan qattiq ishlangan.

Zaryadlovchi ham Xiaomi 13 Ultra bilan bir xil, 90 Vt.

Qandaydir o‘zgarish bormi?

Tashqi tarafdan 13 Ultra bilan solishtirganda koʻp narsa oʻzgarmay qolgan. Dizayn ham deyarli bir xil boʻlib, orqa tomongacha choʻzilgan ramka va markazda dumaloq kamera moduli koʻzga tashlanadi.

Flagmandagi eng katta o‘zgarish — bu linza moduli yonidagi egiklik olib tashlangan.

Orqa keramik korpus og‘irlashtirilgan.

Orqa tomonda koʻp narsa oʻzgarmagan boʻlsa-da, old tomonda katta oʻzgarishlar mavjud. Ekran Xiaomi 14 Pro bilan bir xil, hatto himoya oynasi ham oʻsha-oʻsha Dragon Crystal Glass. Toʻrt tomonida deyarli bir xil kenglikdagi ramkalar va ularning hammasi biroz egilgan holda sozlangan.

14 Ultra protsessori — Snapdragon 8 Gen 3. Kamera moduli kattalashganiga qaramay, telefon vazni yengillashgan, batareya quvvati esa 300 mA/soatga oshgan.

Xiaomi 14 Ultra shuningdek, ikkita yangi Surge T1 chiplari va sunʼiy yoʻldosh ulanishini qoʻshgan, shuning uchun narxi biroz yuqori boʻlishi mumkin. Aniq narxi hozircha maʼlum qilinmagan.

Ultra’ning eng kuchli tomoni — bu kamerasi. Ammo ozroq afsus bilan aytish mumkinki, 14 Ultra kameralari 13 Ultra kameralaridan unchalik farq qilmaydi: to‘rtta kamera ham bir xil fokus uzunligi va sensor o‘lchamlariga ega. Yangilanishlar oddiy odam uncha ahamiyat bermaydigan narsalarda, masalan, diafragmaning kattaligi va 3,2x telefoto linzalarida raqamli kesishning yo‘qligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Bu qatorga sun’iy intellekt platformasi ham qo’shilgan.

Aytilishicha, 14 Ultra 4K videoni 60 kadr tezlikda yozib olishda toʻrtta kamerani tasodifiy almashtirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Boshqa 14 seriyali telefonlar singari, old kamera endi 4K videoni 60 kadr tezlikda yozib olishi mumkin. Kamera tizimi ham 13 Ultra dan kuchliroq.

Ammo hozircha Xiaomi Ultra 14 haqida ko‘p ma’lumot ayta olmaymiz. Shunchaki, flagman ko‘proq sotilib mijozlardan ko‘proq taassurotlar to‘plagandagina Xiaomi Ultra 14’ning barcha “kartalari ochiladi”.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33