Twitter: audio/video qo‘ng‘iroqlar, like o‘rniga reaksiyalar va 5 yil deganda tuzatiladigan xatolik
“Endi boshimga o‘q qadalib turgan bo‘lsa ham, sizni shaxsiydagi xabarlaringizni o‘qiy olmayman”, dedi Ilon Mask ertaga va’da qilinayotgan o‘zgarishlar haqida.
Uning soʻzlariga koʻra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga eng soʻnggi xabarga emas, balki mavzudagi istalgan xabarga javob berish imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar reaksiyani istalgan emoji orqali bildirishi mumkin boʻladi. Lekin bu hammasi emas.
Shaxsiy xabarlar (DM) butunlay shifrlanadi. Bundan tashqari, DMda audio va video qoʻngʻiroqlar paydo boʻladi. Bu chorshanba kuni, ya’ni bugun ishga tushiriladi, dedi Mask.
2018-yilda Twitterʼdagi dasturiy xato tufayli uchinchi tomon ilovalari tarmoqning ayrim foydalanuvchilari xabarlariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoni boʻlgani aniqlangandi. Endilikda mazkur yangilangan va ishonchli shifrlash tizimi bilan bu xato mutlaqo bartaraf etiladi.
Qizigʻi shundaki, Mask Twitter ham FaceTimeʼga juda oʻxshash ishlashi kerak boʻlgan yangi ovozli va video chat funksiyasi ustida ishlayotganini aytdi. Kompaniya bosh direktori foydalanuvchilar oʻz yuzerneymlaridan foydalanib qoʻngʻiroq qilishlari mumkinligini taʼkidlab oʻtdi.
Hozirda Twitter foydalanuvchilarga Twitter Spaces orqali jonli ravishda ovozli muloqot qilish imkonini beradi, biroq Spaces guruh suhbatlari uchun moʻljallangan va ochiq.
Yangi funksiyalar bugunga va’da qilingan va agar joriy qilinsa Twitter ilovangizni yangilashingiz bilan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Giglink.uz Twitter may oyidan boshlab barcha foydalanuvchilarning blog postlari uchun pul toʻlash funksiyasini ishga tushirishini xabar bergandi.