YouTube qiroli xodimlari uchun Karolina shtatida butun boshli rayonni sotib oldi

105 million dollarlik boylikka ega 25 yoshli Mashhur yutuber MrBeast ilk uyini 318 ming dollarga xarid qilgan. Endilikda u mazkur uy atrofidan xodimlari uchun uylar sotib olmoqda.

151 mln obunachi va 40 milliarddan ortiq koʻrishlarga ega mashhur yutuber MrBeast oʻzi, oilasi va xodimlari uchun Shimoliy Karolina, Grinvill shahridagi tinch rayonni sotib olmoqda.

Bu yerda 105 million dollarlik boylikka ega 25 yoshli yigit 318 ming dollarlik oddiy uyda yashaydi.

Sariq — sotib olingan.&nbsp;<div>Qizil — xarid uchun band qilingan.</div>
Sariq — sotib olingan. 
Qizil — xarid uchun band qilingan.

U hozirda oilasi va xodimlari uchun bolaligi o‘tgan xonadon yonidan jami beshta uy sotib olgan.

Haqiqiy ismi Jimmi Donaldson boʻlgan bloger, Kanzas shtatining Vichita shahrida tugʻilgan va keyinchalik oʻzining xayriya ishlari va qiziqarli kontentlari bilan nom qozongan.
Uyning ichki ko‘rinishi
Uyning ichki ko‘rinishi
Aynan YouTube MrBeast’ni multimillionerga aylantirdi va baʼzi hisob-kitoblarga koʻra uning boyligi 105 million dollarni tashkil qiladi. YouTube kanali esa tarmoqdagi obunachilar soni boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turadi.
Uyda yorug‘lik tabiiy tushib turishiga alohida e’tibor berilgan.
Uyda yorug‘lik tabiiy tushib turishiga alohida e’tibor berilgan.
Beast birinchi uyini 2018-yilda 318 ming dollarga sotib olgan. 2001-yilda qurilgan mazkur uyda uning bolaligi o‘tgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Windowsda Copilot orqali Android-smartfonlarni boshqarish imkoniyati paydo boʻldi
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun qurilma kompyuter bilan sinxronizatsiya qilinishi kerak.
Texnologiya
04 iyul, 16:25
Samsung Galaxy S25+ flagman modelidan voz kechdi: nega va qanday o‘zgartirishlar kutilyapti?
Bu qaror xaridorlarni qimmatroq Ultra modelini sotib olishga undash uchun qilingan bo‘lishi mumkin.
Smartfon
04 iyul, 12:30
Apple kompaniyasining afsonaviy dizayneri Joni Ive Stiv Djobs bilan ishlaganini eslaydi: uning hayotidagi eng baxtli 15 yil
Ser Joni Ive Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri bo‘lib, U kompaniyaga 25 yoshida kelgan. Macbook, iPhone, iPad, Apple Watch, AirPods kabi qurilmalar dizaynida ishlagan.
Lifestyle
03 iyul, 16:51
Zamonaviy flagman smartfonlarining puliga arzimasligining 7 sababi
Zamonaviy flagman smartfonlar ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, ularning yuqori narxi, murakkab ta'mirlash jarayoni va tez eskirishi kabi kamchiliklari ham bor.
Smartfon
03 iyul, 11:20