Samsung sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan “Food” — oziq-ovqat ilovasini ishga tushirdi

Samsung Food ilovasi foydalanuvchilarga Whisk ilovasi maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda 100 dan ortiq mamlakatlardan 160 000 ta individual retseptlarni taqdim etadi.

Samsung Electronics foydalanuvchilar uchun 160 000 ta retseptlar mavjud boʻlgan sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan oziq-ovqat va retseptlar ilovasini chiqarmoqda, bu haqida kompaniyaning oʻzi rasman maʼlum qilgan. “Food” (oziq-ovqat) deb nomlangan ilova Samsung 2019-yilda sotib olgan oziq-ovqat maʼlumotlar bazasi Whiskʼga asoslanadi.

Sakkiz tilda ishlaydigan ilova 104 mamlakatda foydalanuvchilarning oshxona jihozlarini nazorat qilish, ularning ehtiyojlariga moslashtirilgan ovqatlanish rejalarini yaratish va yangi retseptlar taklif qilish uchun chiqariladi.

2024-yildan boshlab kompaniya Foodʼga Vision AI texnologiyasini ham joriy qiladi, u oziq-ovqat maʼlumotlarini faqat oziq-ovqatning rasmini olish orqali ham taniydi va xabarlarga koʻra,

“foydalanuvchi faqat oʻzida mavjud boʻlgan mahsulotlar yordamida tayyorlash mumkin boʻlgan retseptlarni tavsiya qiladi”, deyiladi Samsung xabarida.

Samsung press-relizida iOS, Android va Samsung Family Hub aqlli qurilmalarida Food yuklab olish uchun havolalar taqdim etilgan va havola Whisk ilovasiga yoʻnaltiradi.

Food ilovasiga sunʼiy intellektning joriy qilinishi foydalanuvchilar uchun ularning dietani afzal koʻrishlari va ularga yoqadigan ovqat turi haqidagi maʼlumotlarga asoslangan tavsiyalar yaratadi.

Kompaniya yaqin oylarda qoʻshimcha funksiyalarni taqdim etishini va ularni Samsung Health platformasiga integratsiyalash niyatida ekanligini maʼlum qildi, bu esa foydalanuvchilarga yanada qulayroq ovqatlanish jurnali va dietani boshqarish imkonini beradi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47