UzAuto Motors: eski Onix va Tracker narxlari koʻtarilmaydi, biroq yangi qimmatroq pozitsiyalar chiqariladi

Eski Chevrolet Tracker va Onix konfiguratsiyasi narxini oshirilmaydigan boʻldi. Biroq, Redline va Premier Plus trim darajalari yangi qoʻshilgan opsiyalar tufayli Premier pozitsiyasidan qimmatroq boʻladi.

Ma’lumki, may oyi boshlarida Chevrolet Tracker va Onix modellari uchun shartnoma berish to‘xtatilgan edi. Keyinroq UzAuto Motors buni mazkur pozitsiyalar yangilanishi bilan bog‘liqligini aytgan edi. Ammo ko‘plab taxmin va kutuvlarga ko‘ra, kompaniya modellarga bir nechta opsiyalarni qo‘shish fonida avtomobillar narxini oshirishi mumkin. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, kompaniya ayni paytda Chevrolet Onix va Tracker uchun yangi Redline va Premier Plus trim darajalarini sotishni boshlashga tayyorlanmoqda.

Avtomobillar nihoyat oyna isitish va boshqa issiqlik funksiyalariga ega boʻladi. Ehtimol, Chevrolet Tracker top komplektatsiyalari ham qimmatlashishi mumkin — krossover haydovchi oʻrindigʻi uchun elektr regulirovkaga ega boʻladi.

Autostrada
Autostrada

UzAuto Motors eski Chevrolet Tracker va Onix konfiguratsiyasi narxini oshirmaslikka vaʼda berdi.

Bir hafta ichida avtosalonlar Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnomalar berishni boshlashi kutilmoqda.

Soʻnggi marta Tracker narxlari 2023-yilning yanvarida oshirilgan, oʻshanda QQS pasaytirilganiga qaramay, avtomobil narxi koʻtarilgan.

Chevrolet Onix narxlari oʻtgan yilning noyabr va dekabr oylarida eʼlon qilingan edi. QQSning kamayishi tufayli Onix byudjet konfiguratsiyasi yanada arzonlashishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Damas, Lacetti va Cobalt byudjetli modellari sotuvi 2022-yilning dekabridan boshlab toʻxtatilgan. Mazkur modellar yana qachon sotuvga chiqariladi, kompaniya izoh bermagan.

Avvalroq Chevrolet Onix Premium seriyasi koʻrinishi va opsiyalari maʼlum qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04