UzAuto Motors Tracker va Onix modellari yangilanishini maʼlum qildi
Yangi modellarda bir qator katta bo‘lmagan funksiyalar o‘zgaradi.
Giglink.uz oldinroq Chevrolet Onix va Tracker modellari sotuvi toʻxtatilgani haqida xabar bergandi. Spot nashrining maʼlum qilishicha, bu UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uchun yangi konfiguratsiyalar tayyorlayotgani bilan bogʻliq.
“Hozir biz yangi konfiguratsiyalar boʻyicha shartnomalar ochilishiga tayyorgarlik koʻryapmiz. Qaynoq variantlar va redline pozitsiyasi qoʻshiladi”, — dedi UzAuto Motors.
Shartnomalar to‘xtatilishi, oldin taxmin qilganimizdek, narxlar oshirilishi bilan bogʻliq, UzAuto Motors yangi variantlari qimmatga tushadi va bu avtosalondagi narxlarni oshirish uchun yaxshi bahona boʻladi, deyilmoqda ushbu manbalarda ham. Shunga ko‘ra, ikki taxminni ilgari surish mumkin:
- Agar eski komplektatsiyalar sotuvga chiqarilmasa va yangilari qimmatroq narxda taqdim qilinsa, demak yangi opsiyalar shunchaki narx oshishini berkitish uchun bahona boʻladi xolos.
- Narxlar oʻzgarishsiz qolishi va zavod avtomobillardagi muhim bo‘lmagan baʼzi funksiyalarni, masalan, avtomatik toʻxtash tizimlarini yoʻqotishi ham mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻtgan yilning dekabr oyidan buyon byudjetli avtomobillar sotilmaydi. 2023-yil 4-yanvardan boshlab boshqa modellarning sotuvi ham bir necha haftaga toʻxtab qoldi, shundan soʻng Tracker va import qilingan modellar narxi oshdi.
Shundan kelib chiqib kompaniya iyun oyida shartnomalar berishni qayta yoʻlga qoʻymasa, buyurtmalarsiz qolishi aniq.
Soʻnggi marta Tracker narxlari 2023-yilning yanvarida koʻtarilgan, Onix Premier narxlari esa 2022-yil dekabr oyi oxirida eʼlon qilingan va mart oyida ikkilamchi bozorda sotuvi boshlangandi.