Chevrolet Onix Premium seriyasi koʻrinishi va opsiyalari maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda 2022-yil 1-noyabrida sotuvga chiqarilgan Chevrolet Onix avtomobillarining Premium seriyalarini ham ishlab chiqarish boshlandi.

UzAuto Motors AJ

Premium komplektatsiyalarda boshqa modellarda boʻlmagan opsiyalar – lyuk, orqa oʻrindiqni isitish, klimat kontrol, yarimavtomat toʻxtash va boshqa qulayliklar bor, xabar bergan Kun.uz nashri.

"UZAUTO MOTORS" AJ telegram kanalida maʼlum qilinishicha, yangi Onix komplektatsiyasi uchun 427,6 mln dollar investitsiya kiritilgan. Onix ham Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarilmoqda.

Ayni paytda Onix uchun 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detal va UzAuto Motors Powertrain korxonasida dvigateli ishlab chiqilmoqda.

UzAuto Motors  AJ
UzAuto Motors AJ

Premium Onix 2 xil dvigatelga ega boʻladi:

  • 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
  • 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel 6 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisiga ega.

Shuningdek, berilgan maʼlumotlarga koʻra, avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yoʻlda 4,7 l sarflaydi.

UzAuto Motors  AJ
UzAuto Motors AJ

4LT komplektatsiyasi avtomobilga kalitsiz kirish (smart key) va yoqish (start/stop) tizimlari, kruiz kontrol bilan taʼminlangan.

LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth, Hands-free va 8 dyuym hajmdagi sensor displeyli rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.

Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kolonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi oʻrindigʻini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa opsiyalarga ega.

Komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka koʻtarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar oʻchishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), toʻxtash tizimi datchiklari (Park Assist) va bolalar oʻrindigʻini oʻrnatish tizimi (Isofix) bilan jihozlangan.

Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESS (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.

Soddalashtirilgan komplektatsiyadan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi bor.

2023-yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qoʻshimcha opsiyalar:

  • klimat kontrol;
  • yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) toʻxtash tizimi;
  • old partroniklar;
  • koʻrinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
  • orqa oʻrindiq isitish tizimi;
  • lyuk;
  • toʻliq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar;
  • salonda haydovchi, old oʻrindiq va orqa oʻrindiq yoʻlovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
  • oʻziga xos dizaynlik quyma disklar va boshqalar.

Yangi model qachon sotuvga chiqishi va narxi hozircha maʼlum qilinmagan. Maʼlumot uchun, oʻtgan yili sotuvga chiqarilgan Chevrolet Onix uchun avvaliga 9-12 ming dollarlik narxlar vaʼda qilingan, biroq 13 ming 700 dollardan 17 ming dollargacha boʻlgan qiymatda shartnoma berila boshlangandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11
Samsung Galaxy S24 Ultra — Yarmi yillik tajribadan so‘ng: Bu sotib olishga arziydimi?
Samsung Galaxy S24 Ultra arzon emas — narxi 12 260 000 ming so‘mdan boshlanadi. Biroq, 2024 yilning kuzida bu sarmoya qanchalik o‘zini oqlaydi?
Smartfon
13 oktabr, 11:45
Microsoft Android-smartfonlar uchun ilovalar doʻkonini ishga tushiradi
Microsoft, AQSh sudining qarori tufayli Google’ni Android tizimini uchinchi tomon ilovalar doʻkonlari foydalanishi uchun ochiqroq qilishga majbur qilish imkoniyatidan foydalanmoqda.
Texnologiya
13 oktabr, 09:47
Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18