Xiaomi'ning uzoq kutilgan mashinasi nomi rasman ma'lum qilindi

Xiaomi oʻz avtomobilini rasman roʻyxatdan oʻtkazdi. "Xiaomi Modena" 2024-yilda ommaviy ishlab chiqariladi.

Xiaomi Technology “Modena” savdo belgisini transport vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi.

Avvalroq, Modena kod nomini olgan Xiaomi kompaniyasining birinchi avtomobili ikki xil koʻrinishda ishlab chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Xiaomi 2025-yilda chiqarilishi kerak boʻlgan Lemans kod nomiga ega ikkinchi seriyali avtomobilni ishlab chiqarayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Ayni paytda Xiaomi 2300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot xodimlarini Modena avtomobilini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilgan. Ilk avtomobili 2024-yilda taqdim etilishi va keng miqyosda ishlab chiqarishga berilishi kutilmoqda.

Mashinaning ilk fotosuratlarini oldinroq ma'lum qilgan edik.

2022-yil sentyabr oyida Xiaomi bosh direktori Ley Jun kompaniyaning birinchi sinov avtomobili rejalashtirilganidek yigʻish liniyasidan chiqqanini, qishki sinovlar dekabr oyida oʻtkazilishini eʼlon qildi. Kompaniya Pekinning Yizhuang shahrida oʻzining avtomobil bazasini qurdi. Obyekt, shuningdek, savdo shtab-kvartirasi va tadqiqot hamda ishlanmalar boʻyicha punkt sifatida xizmat qiladi.

Kompaniya ayni paytda 300 ming avtomobil ishlab chiqarish kuchiga ega korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51