Sony World Photography Awards 2023: yilning eng yaxshi suratlari eʼlon qilindi

Nufuzli Sony World Photography Awards hakamlar hayʼatining fikricha, vulqonning qush parvozi balandligidan koʻrinishi, Ukrainadagi vayron boʻlgan binolar va it portreti oʻtgan yil davomida olingan dunyodagi eng yaxshi kadrlar hisoblanadi.

Seshanba kuni Butunjahon Fotosuratlar Tashkiloti portret, sport, landshaft va atrof-muhitni qamrab olgan tanlovda 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni eʼlon qildi (g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan rasmlar maqolaning oxirida >>).

Tanlovga yuborilgan 415 000 dan ortiq rasmlar ichidan 180 000 dan koʻprogʻi professional deb topilgan. Bu tanlovning 16 yillik tarixida eng koʻp natija hisoblanadi.

Har bir nominatsiya boʻyicha uchta finalchi va 5-7 ta fotograf saralab olindi. Tanlangan suratlar Xitoydagi tashlandiq sement zavodidan tortib, Somalidagi baliq bozorigacha boʻlgan 30 dan ortiq mamlakat boʻylab tushirilgan professional kadrlarni oʻz ichiga olgan.

“Oʻziga xos yondashuvga ega” natijalarni izlashda hakamlar hayʼati raisi Mayk Trou bu yilgi saralashni “hayajonli va mashaqqatli” deb atadi:

“Ular siyosiy, ekologik va ijtimoiy qarashlarni chuqurroq ifodalab berishgan”.

G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan fotolavhalar

Ukrainaning Irpen shahridagi vayron boʻlgan turarjoy binosi tasviri/Fotograf Sasha Maslov, 2023.

“Yovvoyi tabiat va atrof-muhit” nominatsiyasida jonivorlar portreti uchun/Julia Kriste, 2023.

Braziliyaning Santos shahrida marhum futbol yulduzi Pele xotirasi uchun/Nikola Zolin, 2023.

Ispaniya, Kanar orollaridagi La Palma orolida vulqondan lava oqishi/Sezar Dezfuli, 2023.

Tinchlik targ‘ibotchisi Liberata Buratva Kongo Demokratik Respublikasidagi bogʻda/Hyu Kassel Kanningem, 2023.

Somali poytaxti Mogadishodagi gavjum Hamar Vayn baliq bozori/Tariq Zaydi, 2023.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Achek Urmanbetov. Jangda oyogʻidan ayrilgan 98 yoshli qariya urushdan keyin Qirgʻiziston SSRda yashagan. U erlari Rossiyaga ishlash uchun ketib SSSR qulaganidan soʻng qaytib kelmagach farzandlarini yolgʻiz tarbiyalagan ayollar haqida kitob yozgan/Mariliz Vinyo, 2023.

Afgʻoniston, Kobul shahrida ayollar futbol jamoasi/Ibrohim Noruziy, 2023.

Suv osti fotografi va gʻavvos Martin Broen tasviri, 2023.

Shimoliy Karolinada ayol va uning hovlisida paydo boʻlgan ayiqlar/Kori Arnold, 2023. 

Osmondan olingan tasvir: Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Guntur yaqinida fermada oilaviy qizil qalampirni quyoshda toblash uchun terish jarayoni, 2023.

Daniyaning Kopengagen plyajidan olingan Middelgrunden offshor shamol stansiyasining koʻrinishi/Simona Tramonte, 2023.

Sport yoʻnalishi uchun oʻtgan yili Niderlandiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan italiyalik voleybolchi Paola Egono/Ronald Xyugendorn, 2023.

Kanadalik fotograf Chju Chju tomonidan suratga olingan ushbu ajoyib surat “Yovvoyi tabiat va tabiat”nominatsiyasi uchun taqdim qilingan.

Ispaniyalik fotograf Andres Gallardo Albajar marhum arxitektor Rikardo Bofill ijodiga bagʻishlangan bir qator fotosuratlari uchun “Arxitektura va dizayn” nominatsiyasida taqdirlangan.

AQShning Nevada va Arizona shtatlari chegarasidagi Guver toʻgʻoni nemis fotografi Jonas Kako nigohida.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44