“Lyuks kopiya”: Xitoyda iPhoneʼning 157 dollarlik qiyofadoshi sotuvga chiqarildi

Xitoyning Gionee brendi ichki bozorda iPhone flagman modellariga tashqi jihatdan oʻxshash F1 Plus smartfonini ishlab chiqarmoqda.

Gizmochina nashrining xabar berishicha, smartfon 6,5 dyuymli HD+ oʻlchamli va 60 Gts standart yangilanish tezligiga ega IPS displey bilan jihozlangan. Gionee F1 Plus byudjetli Unisoc T610 chipi, 6 yoki 8 Gb tezkor xotira va 128 Gb ichki xotira bilan jihozlangan. Smartfon, shuningdek, 10 Vt sekin zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan 4000 mA/soat batareyaga ega.

Qurilmaning orqa panelida uchta kamera moduli yaqqol koʻrinib turganiga qaramay, ulardan ikkitasi “nomiga qoʻyilgan”, yaʼni ishlamaydi. Yagona kamera 13 megapikselli oʻlchamga ega. 5 megapikselli old kamera iPhone 14ʼda boʻlgani kabi dinamik orolga ega.

Yon panelda barmoq izi — “otpechatka” skaneri, 3,5 mm audio uyasi va operatsion tizimi Android 12 ekanligi ham maʼlum qilindi.

Gionee F1 Plus narxi 1,1 ming yuandan (taxminan 157 dollar yoki 1 809 000 so‘m) boshlanadi.

Ma’lumot uchun, kelgusida taqdim etiladigan barcha iPhone modellari tashqi ko‘rinishi sezilarli o‘zgarishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04