Oy uchun alohida vaqt mintaqasi (time zone) ishlab chiqiladi. Bu nima uchun kerak?
Dunyo kosmik agentliklari Oyda yagona vaqt tizimini joriy qilishni talab qilishmoqda. Biroq Oy vaqtini aniqlash va qo‘llash oson boʻlmaydi, bunda oʻziga xos qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Oyning alohida standart vaqtini belgilash Yer yoʻldoshini tadqiq qilishning yangi davri uchun muhim deyilmoqda.
Soat yoki vaqt mintaqasi — (ing., time zone, ru., часовой пояс) yer yuzasining qism boʻyicha baʼzi qonun hujjatlariga muvofiq muayyan maʼmuriy vaqt belgilangan bo‘lib, bunda UTC-10 va UTC + 14: 00. Mintaqalar birinchi mintaqadan 24-(nolinchi) mintaqagacha davom etadi. Har bir mintaqa vaqti qoʻshni mintaqa vaqtidan bir soatga farq qiladi. Oʻrta Osiyo ikkita soat mintaqasida joylashgan (4-va 5-soat mintaqalarida). Yangi sutkamng boshlanishi 12-soat mintaqasining oʻrtasidagi 180° uzunlikdan boshlanadi, deb qabul qilingan.
Dunyo boʻylab kosmik agentliklar va xususiy kompaniyalar kelgusi yillar uchun oʻzlarining oyni tadqiq qilish borasidagi rejalarini tuzib chiqishmoqda, biroq turli vaqt mintaqalaridan foydalanganda, mazkur rejalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirish juda qiyin boʻladi.
Oʻtgan yili Gollandiyadagi Yevropa kosmik agentligining ESTEC texnologiya markazida boʻlib oʻtgan yigʻilishda kosmik tashkilotlar “oy uchun mos keluvchi umumiy vaqtni oʻrnatishning ahamiyati va dolzarbligi” haqida muhokama oʻtkazgan edi. ESA navigatsiya tizimi muhandisi Pietro Giordano yangi bayonotida “hozirda ushbu maqsadga erishish uchun saʼy-harakatlar olib borilmoqda”, dedi.
Hozirgi vaqtda turli kosmik tashkilotlar bort xronometrlari va ikki tomonlama aloqa tizimlari uchun oʻzlarining vaqt mintaqalaridan foydalanadilar. ESA bu Oyni tadqiq qilishning yangi davrida “standart yechim boʻlmaydi” dedi: turli mamlakatlar birgalikda kuzatuvlar olib boradilar va agar ular bir vaqtning oʻzida Oyda boʻlsalar, birga ishlashmasa ham, doimiy aloqada bo‘lib turishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Biroq, oy vaqtini aniqlash va qo‘llash oson boʻlmaydi, bunda oʻziga xos qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. ESA taʼkidlaganidek, “aniq navigatsiya qatʼiy vaqtni talab qiladi”, shuning uchun kosmik tashkilotlarning xalqaro guruhi muhokama qiladigan mavzulardan biri bu oyning vaqt zonasini saqlash uchun masʼul boʻlgan yagona tashkilot boʻlishi kerakmi, degan savol boʻlmoqda.
Bundan tashqari, Oy vaqtini yer vaqti bilan moslashtirish qanchalik toʻgʻri boʻlishini ham aniqlab olish kerak, chunki Oydagi soatlar sunʼiy yoʻldoshning holatiga qarab tezroq ishlaydi. Eʼtiborga olish kerak boʻlgan koʻplab omillar mavjud boʻlsa-da, ular oʻylab topadigan yechimlar oxir-oqibatda kosmonavtlar uchun orbitada yoki oy yuzasiga qadam qoʻyishda amaliy ahamiyatga ega boʻladi.
Bernxard Xufenbax, ESAning Inson va robotlarni oʻrganish boʻyicha Oy nurini nazorat qilish guruhi aʼzosi quyidagicha asosli fikr bildirgan:
“Bu ekvatorial mintaqada bitta kuni 29,5 kunga teng boʻlgan va ikki haftalik ayozli oq tunlardan iborat oyda amalga oshirish qiyin. Yer esa qorongʻi osmondagi kichik koʻk doira xolosdir. Ammo, agarda, biz Oy uchun aniq vaqti tizimini ishlab chiqolsak, bu boshqa sayyoralar uchun ham vaqt tartibini yaratolishimizdan dalolat beradi”.