Twitter shifrlangan xabarlari faqatgina Blue obunasi bor foydalanuvchilar uchun

Shifrlangan xabarni yuborish uchun tasdiqlangan Twitter Blue foydalanuvchisi, tashkilot yoki hamkor boʻlish talab qilinadi.

WhatsApp, Messenger, Signal va iMessage kabi platformalarda shifrlangan xabarlar bepul, shu sababli ham Twitterʼning bunday funksiyani pullashi qiyin boʻlishi mumkin.

Xabarga koʻra, shifrlangan DMʼlar faqat tasdiqlangan foydalanuvchi (Twitter Blue uchun toʻlovni amalga oshiradigan kishi), tasdiqlangan tashkilot (oyiga 1000 dollar toʻlaydigan tashkilot) yoki tasdiqlangan tashkilotning filiali (50 dollar) boʻlgandagina foydalanish mumkin.

Ham joʻnatuvchi, ham qabul qiluvchi Twitter ilovasining soʻnggi versiyasidan (mobil va internet) foydalanayotgan boʻlishi kerak. Shifrlangan DM qabul qiluvchisi joʻnatuvchiga obuna boʻlishi, oldin xabar yuborgan boʻlishi yoki joʻnatuvchidan DM soʻrovini qabul qilishi kerak.

Shifrlangan xabarlarni yuborganda xabar yozishda bloklash tugmasi chiqadi. Shifrlangan suhbatda suhbatdosh avatarining yonida kichik qulf belgisini ham koʻrish mumkin. Shifrlangan DMlar shifrlanmaganlardan shunday ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoq rahbari boshqa foydalanuvchilarga telefon raqamlarini koʻrsatmasdan turib qoʻngʻiroq qilish mumkin boʻlishini taʼkidladi. Biroq video/audio qoʻngʻiroqlar qachon ishga tushishi aniq emas.

Shifrlangan shaxsiy xabarlar allaqachon ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, Twitter’da audio/video qo‘ng‘iroqlar, like o‘rniga reaksiyalar va shifrlangan xabarlar shu kunlarda taqdim etilishi kutilayotgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47