Ilon Mask: Starship raketasining tarixiy uchirishini kechiktirmoqda!
Texnologiya
08 yanvar, 17:18
SpaceX kompaniyasi o‘zining Starship raketasini yettinchi marta uchirishni bir necha kunga kechiktirdi. Kompaniya asoschisi Ilon Mask X (Twitter) platformasi orqali jonli efirda yangi start sanasini e‘lon qildi — raketa 2025-yil 13-yanvarda uchiriladi.

Dastlab, uchirish 10-yanvar kuniga rejalashtirilgan edi, ammo yomon ob-havo prognozi tufayli ushbu sana o‘zgartirildi. Muhim jihati shundaki, Starship raketasida hech qanday texnik muammo aniqlanmagan.
Starship raketasi ushbu uchirishda orbitaga Starlink V3 sun‘iy yo‘ldoshlarining 10 ta maketini olib chiqadi. Bu maketlar yangi texnologiyalarni sinab ko‘rish uchun yaratilgan bo‘lib, ular internet tezligi va tarmoq quvvatini sezilarli oshirishga mo‘ljallangan.
Yangi Starlink V3 yo‘ldoshlari gigabit tezlikda internet ulanish imkonini beradi va bir soniyada 1 terabitgacha ma‘lumot uzata oladi. Bu esa hozirgi avlod sun‘iy yo‘ldoshlariga qaraganda 10 barobar ko‘proq.
Mazkur sinov orqali SpaceX internet ulanish sifatini yaxshilashni va o‘z tarmog‘ining imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirgan. Bu missiya kompaniya uchun muhim texnologik qadam bo‘lib, kelajakda sun‘iy yo‘ldosh tarmog‘ini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle