Telegram Stories: u barcha uchun emas va yangicha imkoniyatlari haqida ma’lum bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar
19 iyul, 23:55
Nihoyat iyul oyida vaʼda qilingan telegram storiesʼlar haqida maʼlumotlar oshkor qilinmoqda.

Rasmiy manbaga koʻra,
- Hikoyalarni joylashtirish hozircha faqat Telegram Premium obunachilari uchun mavjud boʻladi va keyinroq barcha foydalanuvchilar uchun imkoniyat beriladi.

Telegramda stories (hikoyalar) faqatgina Premium egalari uchun ishlaydi.
- Kunlik storiesʼlar soni cheklangan boʻladi. Bitta foydalanuvchi 24 soat ichida X tadan (yaʼni hozircha aniq soni nomaʼlum) ortiq hikoya joylashtirolmaydi.

- Premium egalari hikoyalarni avtomatik oʻchirishning turli funksiyalariga ega boʻladi. Yaʼni Premium obunasi boʻlgan foydalanuvchilar hikoyalarni avtomatik oʻchirish uchun taymerni istalgan muddatga belgilashi mumkin boʻladi (Premiumʼga ega boʻlmaganlarga bunday imkoniyat berilmaydi).

Hozircha yangi funksiyaning aniq chiqarilish sanasi ochiqlanmagan. Umid qilamizki, bu sanoqli kunlarda sodir boʻladi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar