Telegram Stories: kanallarga joylash, musiqa, boost va boshqalar
Bugundan boshlab kanallar ham yangi ovoz berish tizimi yordamida hikoyalar joylashi mumkin. Bundan tashqari, ilovada hikoyalar uchun reaksiya stikerlari va musiqa, shuningdek, koʻrilganidan keyin oʻchib ketadigan rasm va videolarni yuborish imkoniyati paydo boʻldi.
Endi Telegram foydalanuvchilari o‘zlari tanlagan kanaliga hikoyalar joylash imkoniyatini hadya qilishi mumkin. Telegram Premium obunasi kanalga berish mumkin boʻlgan bitta ovoz taqdim etadi.
Bu funksiyalardan foydalanish uchun Telegram ilovasini yangilashingiz kerak bo’ladi.
Kanallar maxsus havola yordamida obunachilardan ovoz berishni soʻrashi mumkin. Kanal koʻp ovoz olgani sari darajasi oshib boradi – har bir daraja uchun kanal obunachilarining tasmalariga kuniga qoʻshimcha 1 ta Stories joylay oladi.
Premium foydalanuvchilar har 24 soatda bir marta ovozlarini boshqa kanalga koʻchirishi mumkin.
Stories reaksiyalari
Foydalanuvchilar va kanallar hikoyalariga reaksiya stikerlarini qoʻshishi mumkin, bu uni koʻrganlarga shunchaki bitta bosish orqali yanada koʻproq emojilar bilan javob berish imkonini beradi. Kanallar tomonidan joylangan hikoyalarda har bir emojini necha kishi tanlaganini koʻrsatuvchi reaksiya hisoblagichlari aks etadi.
Har kim har bir hikoyaga 1 ta reaksiya emojisini qoʻshishi mumkin, Premium obunachilari esa 5 tagacha qoʻsha oladi.
Stories’da musiqa
Qurilmangizdagi audio fayllardan hikoyalarda foydalanish mumkin, bu sizga maxsus saundtreklar yoki ovozli sharh bilan kontent yaratish imkonini beradi.
Stiker panelidan “Audio” bandini bosing va fayl tanlang, keyin biror qismni tanlash uchun trekni sozlang. Video hikoyalarda asl tovushni qoldirishingiz va kiritgan trekingizni istalgan nuqtaga harakatlantirishingiz mumkin.