Telegram Stories barcha foydalanuvchilar uchun ochildi

Shu paytgacha funksiyadan faqatgina Premium obunasi bor akkauntlar foydalana olardi.

Telegram messenjerning o‘n yilligi arafasida chiqadigan 10.0 versiyasi hademay to’liq taqdim etiladi. Kecha, ya’ni 12-avgust kuni chiqqan Android uchun Beta versiyasida Telegram hikoyalari bilan bog'liq bir qancha yangi funksiyalar paydo bo’ldi.

Unga ko’ra, Telegramda Stories (hikoya) joylash imkoniyati barcha foydalanuvchilar, jumladan Premium obunasi bo‘lmaganlar uchun ham beriladi, ammo hozircha faqat messenjerning beta-versiyasida shunday.

Dastlabki kunlik chegara: Premium obunasi bo'lmaganlar uchun kuniga 3 ta hikoya va Premium egalari uchun kuniga 100 ta hikoya.

Ba'zi hikoya xususiyatlaridan faqat Premium obunachilar foydalanishi mumkin. Ular orasida storis ko’rsatish iyerarxiyasi, ya’ni Premium obunasi bor foydalanuvchi qo’ygan hikoya boshqalarnikidan oldinroqda turadi, inkognito rejimi, ko'rishlar ro'yxatini saqlash, moslashuvchan avtomatik o'chirish sozlamalari va boshqalar mavjud.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23