Telegram dunyo birinchiligida WhatsApp'ga yetib olmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar
20 fevral, 12:24
Telegram xabar almashish xizmati Facebook messenjerini besh yil ichida ortda qoldirdi va WhatsApp’dan keyingi ikkinchi messenjerga aylandi. Bundan tashqari, bu farq yil sayin qisqarib bormoqda, dedi Telegram asoschisi Pavel Durov.

"Oxirgi besh yil ichida Telegram Facebook messenjerini ortda qoldirib, eng ommabop bulutli xabar almashish ilovasiga aylandi. Telegram WhatsAppʼdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab turibdi, yil sayin bu farq qisqarib bormoqda. Raqobatchilarimiz xavotirga tushishiga asos bor”, — Pavel Durov.Pavel Durov
Durov Fortune jurnali jadvaliga ishora qildi. Jadvalga ko‘ra, 2018-yilda Telegram messenjerlar bozorining 5%ni, Facebook messenjeri esa 43%ni egallagan. 2022-yilda Telegramda 31%, Facebook Messenger’da 21% bo‘lgan.
WhatsApp 2018-yilda bozorning 51%ni, 2022-yilda esa 44%ni egallagan.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar