Telegram avatarkalari — rasm tahrirlashning yangi darajasi
Telegram oxirgi yangilanishdan soʻng profil avatarkalarini (asosiy rasm) yaratish uchun maxsus funksiyalar qoʻshdi. Quyida telegram profilingizga chiroyli rasm yasashni koʻrsatamiz.
iOS va Android uchun konstruktorlar
Istalgan stiker va animatsiyali emojini profilingiz rasmida ishlatishingiz mumkin. IOS va Androidʼdagi avatar konstruktori tashqi koʻrinishida farq qilmaydi — faqat ketma-ketlikda baʼzi farqlar bor:
- iOS: “Sozlamalar” —> “Rasmni oʻzgartirish” —> “Emoji tanlash”ga oʻting;
shuningdek, zarur boʻlganda, ochiq menyudagi “Stikerlarga oʻtish” tugmasini bosing.
Androidda esa sozlamalar orqali avatarni oʻzgartirishga oʻtasiz. Zarur boʻlganda, ochiq menyudagi “Emoji yoki stikerni tanlang” orqali stikerlarga oʻtishingiz mumkin.
Shundan soʻng siz mavjud stiker yoki emojilardan istaganingizni tanlashingiz mumkin. Shuningdek, berilgan fon variantlarini birini tanlashingiz, yoki plyus belgisini bosish orqali fon rangini oʻzgartirishingiz mumkin.
PC uchun konstruktor
Endi kompyuter orqali ham telegram avatarkangizni emojilar qoʻshib tahrirlashingiz mumkin. Misol uchun,
- macOSʼda “Sozlamalar” —> “Profil” —> “Avatarka” —> “Stiker yoki emoji”ni tanlaysiz.
Kerak boʻlganda, “Stiker” boʻlimidan “Emojilar”ni tanlaymiz.
Mobil versiyalaridan farqli ravishda, kompyuteringiz orqali emoji yoki stiker oʻlchamini oʻzgartirishingiz mumkin. Yana bir ustunligi — bu yerda fonning nafaqat rangini oʻzgartirish mumkin, balki turli gradiyentdagi naqsh/elementli fonlar ham tanlay olasiz.