Ilon Mask Microsoft’ni Twitter maʼlumotlaridan noqonuniy foydalanishda ayblab sudga bermoqchi

Twitter bosh direktori Ilon Mask Microsoft'ni sunʼiy intellekt modelini oʻrgatish uchun ijtimoiy media maʼlumotlaridan noqonuniy foydalanganlikda ayblamoqda.

Mask tahdidini Microsoft Twitterʼni oʻzining reklama platformasidan olib tashlashini maʼlum qilganidan soʻng yozib qoldirgan.

Mask, odatda, Twitter sahifasida hech qachon amalga oshmaydigan rejalar haqida tez-tez yozib turadi. Dunyo OAVi jimligiga qaraganda, Tesla rahbari sudga hech qanday daʼvo bermagan koʻrinadi. Twitter va Microsoft vakillari mazkur holatga izoh berishdan bosh tortdi.

Maskning tahdidi esa, sunʼiy intellekt uchun boʻlayotgan kurashda maʼlumotlarga egalik huquqi “yonib turgan nuqta” ekanligini koʻrsatmoqda. OpenAI kabi yirik texnologik kompaniyalar ilgʻor AI modellarini yaratish ustida ishlayotgan bir paytda, maʼlumotlar egalari ularni toʻxtatib qoʻymoqchi yoki kontentidan foydalanayotgani uchun haq undirmoqchi.

Microsoft oʻzining katta til modellarini (LLM) ishlab chiqmoqda va OpenAI modellari obunasini sotishi ko‘zlangan. Oʻtgan yili Microsoft OpenAIʼga 10 milliard dollar sarmoya kiritgan edi. Mask 2018-yilda sarmoya kiritishdan bosh tortib direktorlar kengashini tark etgandi.

GPT kabi LLM loyihalari terabaytlab maʼlumotlarni talab qiladi, ularning aksariyati Reddit, StackOverflow va Twitter kabi saytlardan keladi. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan maʼlumotlar qimmatlidir, chunki u norasmiy suhbatlarni qamrab oladi.

Mask shuningdek, oʻzining TruthGPT deb nomlangan yirik til modelini yaratish rejasini eʼlon qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47