Ilon Mask haqiqat izlamoqda. Bunda unga TruthGPT yordam beradi

Mask TruthGPT sunʼiy intellektiga ega chatbot yaratmoqchi, u haqiqatni topishga, shuningdek, koinotni oʻrganishga yordam beradi.

“Men TruthGPT deb atagan botni koinotning tabiatini tushunishga harakat qiladigan maksimal haqiqatni izlovchi SI sifatida ishga tushirmoqchiman”, dedi Mask.

SpaceX rahbari sunʼiy intellektni xavfli hodisa deb biladi, chunki u “sivilizatsiyani yoʻq qilish imkoniyatiga ega”. Maskning soʻzlariga koʻra, uning TruthGPT boti “odamlarni yoʻq qilish ehtimoli kamroq, chunki biz koinotning qiziqarli qismimiz”.

Avvalroq Mask ChatGPT yaratuvchisi OpenAI bilan raqobatlashadigan sunʼiy intellekt startapini ishga tushirish rejalari haqida gapirgan edi. Bundan tashqari, Mask bir nechta muhandislarni olib keldi va yangi loyiha uchun minglab kuchli grafik protsessorlarni sotib olgan edi.

“Ma'lumki, ChatGPT va OpenAI siyosiy jihatdan qattiq nazorat ostida. Aldanmasligingiz uchun TruthGPT xolis va nazoratsiz ma’lumotlarni taqdim etuvchi yagona haqiqiy AI hisoblanadi”— yangi kriptoloyiha shu so‘zlar bilan reklama qilinmoqda.

Mask shuningdek, Twitter ijtimoiy tarmog‘ini rasman o‘ziga tegishli X Corp tashkilotga qo‘shib oldi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51