Endi qushcha uchib chiqmaydi: Twitter logotipi oʻzgardi va bu kriptovalyuta qiymatiga ta’sir qilmoqda

Ilon Mask nihoyat “va’dasini ustidan chiqmoqda”: Twitter rahbari ijtimoiy tarmoq logotipidagi qushcha tasvirini itga almashtirdi.

Bundan 1 soatcha oldin bu haqida oʻz twitter sahifasida maʼlum qilgan Mask bir vaqtlar bergan vaʼdasi ustidan chiqqanini bilan maqtanib ham oʻtishga ulgurdi. 

Yangi logotipdagi twitterʼni siz tarmoqning brauzer versiyasiga kirib koʻrishingiz mumkin.

Ilova logotipi oʻzgarishi mutlaqo boshqa taraf: Doge (ayni paytdagi logotip tasviridagi kuchukcha-mem “dogecoin” kriptovalyutasini anglatadi) kriptovalyutachilar uchun muhim boʻlmoqda. Mazkur maqolani biz hozir qanchalik tez yozayotgan boʻlsak, dogecoin qiymati ham salkam shunchalik yuqorilab bir qadar tushishga ham ulgurdi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish kerakki, uzoq vaqtlar dogecoin borasida turli bahslar boʻlgan: koʻpchilik mem-kuchukchani kriptovalyuta sifatida jiddiy qabul qilmagan. Bu kriptovalyuta esa Ilon Maskka tegishli. Twitterʼdagi soʻnggi yangilanish esa Maskning “tangasi” tang ahvolga uchragani bilan bogʻliq: kriptovalyuta narxi tushib borgani sari investorlar oʻrtasida turli noroziliklar va undan tashqari baʼzi mojarolar tufayli sobiq sayyora milliarderi sudgacha yetib bordi. 

Sud daʼvosida esa Maskning advokatlari dogecoinni tez kunlarda “deyarli 10 milliard dollarlik bozor kapitalini ushlab turishda davom etuvchi qonuniy kriptovalyuta” deb atagan. Soʻnggi taxminlar ham ushbu ilova yangilanishi Maskning umumiy daʼvosining bir qismi, deb aytmoqda.

Mazkur xabar sizga taqdim etilishi vaqtida dogecoin qiymati taxminan 12,4 milliard dollarga koʻtarildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mask o‘z itini Twitter’ning rahbari deb tayinlagan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25