“Mortal Kombat 1” yangicha talqini 19-sentyabr kuni chiqariladi
Beta versiyasi avgust oyida taqdim qilinadi.

Keyingi Mortal Kombat oʻyini mutlaqo boshqacha boʻlishi mumkin. Avvalroq 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan Sony Playstation Showcase taqdimotida namoyish etilishi taxmin qilinayotgan o‘yin, rasman sentyabrda taqdim qilinishi aniq bo‘ldi.
NetherRealm va WB Games yangi jangovar mexanika va oʻyin rejimlarini vaʼda qiluvchi seriyaning “qayta jonlanishi” boʻlgan “Mortal Kombat 1”ni taqdim qildi. Tafsilotlarning aksariyati oshkor qilinmagan boʻlsa-da, oʻyinda koʻplab taniqli qahramonlar va “Kameo Fighters”ni uchratish mumkinligi maʼlum.
“Mortal Kombat 1” kompyuter versiyasi 19-sentyabr kuni (Epic va Steam orqali), PS5, Switch va Xbox Series X/S uchun chiqariladi. Oldindan buyurtma bergan mijozlar avgust oyida beta-versiyadan foydalanishlari mumkin. 110 dollarlik raqamli Premium Edition oʻyindan ertaroq foydalanish (14-sentyabr) imkonini beradi. Bunda aktyor Jan-Klod Van Dammga oʻxshash Jonni Keyj skini, yangi qahramonlar va Cameo jangchilari ham boʻladi. Shuningdek, haqiqiy muxlislar uchun 250 dollarlik Physical Collectorʼs Edition — 16,5 dyuymli Liu Kang haykali, oʻyin skinlari, badiiy reproduksiyalar va maxsus sumkali varianti ham bor.
Ma’lumot uchun, “Mortal Kombat” 11-seriyasi rekord darajada 500 million dollardan ortiq daromad keltirgan.
Avvalroq Mortal Kombat-12 ham sentyabr oyida chiqarilishi ma’lum qilingandi.
Mortal Kombat o‘yini haqida deyarli hech kim bilmaydigan qiziqarli maʼlumotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar



