“Zararidan foydasi ko‘p”: tirikchiliklari haqida qayg‘urgan kichik biznes egalari TikTokʼning taqiqlanishiga qarshi

Dunyo bo‘ylab turli davlat hukumatlari TikTok’ni taqiqlamoqda. Bu tarmoq egalarining foydalanuvchilar ma’lumotlarini tarqatishidan shubhalanishi natijasida sodir bo‘lmoqda.

Ammo TikTok orqali mashhur bo‘lgan va marketing uchun pul to‘lamasdan katta auditoriyani to‘plashga muvaffaq bo‘lgan ko‘plab kichik biznes egalari bundan norozi.

CNBC Make It nashri mazkur holatdan norozi va zarar ko‘rayotgan kichik biznes vakillari bilan intervyu uyushtirdi. Ulardan biri — Singx hindlarning zargarlik buyumlari va aksessuarlar sotuvchi Indian Goddess Boutique nomli kichik biznesga ega. 33 yoshli ayol ijtimoiy tarmoq ilovasi uning biznesining "ajralmas qismi" ekanligini aytdi.

Aparna Singx birinchi marta TikTok taqiqlanishi haqida eshitganida, "qizishib ketib":

"Savdolarimning aksariyati TikTokʼdan kelganligi sababli, tarmoqning bloklanishi biznesimga jiddiy zarar yetkazadi”, degandi.

“Men savdolarimning 90 foizini TikTok orqali olaman. Har kuni men biznesim haqida kamida bitta video joylashtirishga harakat qilaman. Kontent joylanmaydigan kunlarda veb-saytlar trafigini va sotuvining pasayishiga guvoh bo‘lish mumkin."

Ijtimoiy tarmoqning taqiqlanishi haqidagi harakatlar TikTok bosh direktori Shov Zi Chu ilovaning o‘ziga qaramlik xususiyati va uning xitoylik egasi ByteDanse orqali AQSH foydalanuvchilari maʼlumotlari Xitoy hukumati qo‘liga o‘tishi mumkinligi haqidagi shubhalari asosida qonunchilar tomonidan uyushtirilgan ochiq so‘rovlardan keyin paydo bo‘ldi.

Siyosatchilar, shuningdek, agar ByteDanse Xitoyning “qatʼiy” eʼtiroz bildirayotgan ilovadagi ulushini sotmasa, TikTokʼni butun mamlakat bo‘ylab taqiqlash bilan tahdid qilishdi. Ilova AQSH, Avstraliya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardagi hukumat apparatlarida allaqachon taqiqlangan.

Shu o‘rinda boshqa ijtimoiy tarmoqlarchi? Ular TikTok o‘rnini bosolmaydimi? — mazmunidagi o‘rinli savol paydo bo‘ladi.

Boshqa ko‘plab kontent yaratuvchilari singari, Singx 2020 yilgi SOVID-19 paytida TikTok akkauntini ochgan va u orqali o‘z biznesini targ‘ib qila boshlagan.

“Men o‘z biznesimni rivojlantirish uchun Instagramga eʼtibor qaratganman. Afsuski, yillar davomida Instagram algoritmi shunchalik o‘zgardiki, men deyarli undan natija olmadim», dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, instagramdan oyiga 5-10 ta buyurtma kelgan xolos.Bunda heshteglar ham yordam bermagan.

Ammo TikTok vaziyatni o‘zgartirgan: uning zirak taqib yurgan videosi internetga tarqalib savdolarni "bir kechada ko‘targan”. 

2020-yil — ilovadan foydalanishni boshlaganida — savdodan 20 000 dollar ishlab topdi. Bir yil o‘tgach, Singx "reklamalarga 0 dollar sarflab" 350 000 dollar daromad qilganini aytdi.

“Ushbu video menga qaysi mahsulotga ko‘proq eʼtibor qaratishim kerakligini va mijozlarim nimani yoqtirishimni ko‘rsatdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

"Men TikTok sahifamni yaratganimda, mening birinchi videom minglab marta ko‘rildi, boshqa ijtimoiy media ilovalari esa 200 dan kam ko‘rildi”.

“Kichik biznes uchun maqsadli auditoriyani topishda eng katta yordamchidir... bizga o‘xshagan kichik brendlar qanday qilib anʼanaviy media reklamasiga minglab dollar sarmoya kiritmasdan kerakli natijaga erishishi mumkin? Bunga bizga TikTok yordam beradi”.

Ma’lumot o‘rnida, TikTok ijtimoiy tarmog‘i ayni paytda O‘zbekiston hududida ishlamaydi. 2021-yil iyul oyida «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunni buzgani uchun TikTok, «VKontakte», WeChat va Skype messenjeriga kirishni cheklagan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04