Yandex bir qator rossiyalik milliarderlar va VTB bankiga sotilmoqda

Kompaniyaning ulushi investorlar o’rtasida qanday taqsimlanishi ma’lum qilinmagan.

Vladimir Putin Aleksey Kudrinning “Yandeks”ni rossiyalik uch milliarder va VTB bankiga sotish haqidagi taklifini maʼqulladi.

Yaqindagina qayta tuzilgan Yandeksning nazorat paketini Interros rahbari Vladimir Potanin, Severgroup rahbari Aleksey Mordashov, Lukoyl va VTB hammuallifi Vagit Alekperov sotib olishi kutilmoqda (The Bell).

Katta ehtimol bilan, nazorat paketi konsorsiumning barcha ishtirokchilari oʻrtasida teng taqsimlanadi. Ammo xaridorlardan biri boshqalarga qaraganda koʻproq ulush olishi varianti ham muhokama qilindi.

Konsorsium tarkibi, ularning ulushlari va kelishuv summasi kelasi hafta Dubayda Yandeks direktorlar kengashi tomonidan muhokama qilinishi kerak.

Avvalroq Yandex kompaniyasi ovozli yordamchi loyihasi — Alisani YandexGPT sunʼiy intellekti asosida takomillashtirgandi. U endi matn yozishi va gʻoyalarni taklif qilishi mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35