Ilon Maskni ChatGPT’dan quruq qoldirgan hokimiyat uchun kurash

Xalqaro Semafor nashri dunyo uchun kutilmagan ma’lumotlarni ochiqladi: Mask 2018-yilda OpenAI kompaniyasini egallab olishga harakat qilgan. Biroq rad javobini olgan Tesla rahbari o‘zi uchun arzimagan 100 mln dollar sarmoya kiritishni istamadi va sun’iy intellektlar davri biznes modelining o‘zgarishiga “sababchi” bo‘ldi.

Mask 2015-yilda notijorat tashkilot sifatida AI Laboratoriyasiga asos solgan kichik guruhning a’zosi bo‘lgan. Ammo 2018-yil boshida, Semafor ma'lumotlariga ko‘ra, Mask kompaniya Google'dan orqada qolayotganidan xavotirga tushgan. So‘ngra OpenAI’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilishni va o‘z boshqaruvini taklif qilgan. Biroq OpenAI’ning boshqa asoschilari, jumladan, firmaning hozirgi bosh direktori Sem Altman va prezidenti Greg Brokman tomonidan rad etilgan.

Gap shundaki, Maskning kompaniyani tark etishiga oldinroq, “teslamen” uchun qiyin bo‘lmagan 100 million dollar sarmoya kiritishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Eh, Mask oradan 5 yil o‘tib yillik 1 milliard dollar foydaga ega bo‘lishini bilganidami…

Maskning moliyalashtirishni rad etgani avvaliga OpenAI uchun katta muammoga aylangan (chunki DALL-E tasvir generatori va matn yaratish uchun GPT modullar seriyasi kabi keng ko‘lamli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish uchun juda katta mablag‘ zarur edi) oxir-oqibatda, 2019-yilga kompaniyani kelib Microsoft bilan yaqinlashtirdi.

Microsoft esa sahiylarcha sun’iy intellekt rivoji uchun milliardlab mablag‘ va resurslarni taqdim etdi, mahsulotlaridan OpenAI foydalanishi uchun eksklyuziv litsenziyalar bilan ta’minladi.

Ilon Mask Altmanga yutqazdi (ithome.com)
Ilon Mask Altmanga yutqazdi (ithome.com)

Maskning ketishi OpenAI traektoriyasini o‘zgartirib, uni korporativ manfaatlar sari undagan ko‘rinadi.

Dunyoning katta qismi uchun “oydan tushgandek” paydo bo‘lgan OpenAI kompaniyasi va ChatGPT loyihasi Microsoft moliyaviy yordami tufayli uzoq vaqt o‘zi haqida ma’lumot berishga shoshilmay “bir chekkada, hotirjam ishini qilib kelgan”.

OpenAI o‘zining soʻnggi sunʼiy intellekt tili modeli GPT-4’ni mart oyi boshida eʼlon qilganida, koʻplab mutaxassislar uning qanday ishlab chiqilgani haqida  maʼlumot berilmaganidan hayron qolishdi.

OpenAI bosh olimi Ilya Sutskever The Verge nashriga bergan intervyusida, shu orqali kompaniyaning raqobatchilardan ustunligini va loyiha unikalligini saqlab qolinishini aytdi. Ammo ko‘plab sun’iy intellekt mutaxassislarining ta’kidlashicha, OpenAI modellarini ishlab chiqish yo‘llarini ochiqlamaslik orqali SI(sun’iy intellekt, sun’iy idrok)ning jamiyat uchun keltirib chiqaradigan tahdidlarini tushunishni qiyinlashtiradi.

Sem Altman (OpenAI) va Ilon Mask
Sem Altman (OpenAI) va Ilon Mask

OpenAI Microsoft bilan hamkorlikni boshlaganidan beri ikkala kompaniya ham aql bovar qilmaydigan tezlikda sun’iy intellekt xizmatlari va mahsulotlarini ishga tushirmoqda, xususan, OpenAI texnologiyasi Windows va uning Office to‘plamiga integratsiyalashgan. Shu haftada OpenAI o‘zining ChatGPT chatbot imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, tizimga plaginlar orqali boshqa saytlar va xizmatlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishini e’lon qildi. OpenAI buni botga “ko‘z va quloq” berish uchun qilinayotganini aytmoqda, ba’zi ekspertlar esa bu shaxsiy daxlsizlikka xavf tug‘diradi, degan xavotirda.

Mask bir necha bor OpenAI tutgan bu yo‘llardan xavotirda ekanligini bildirgan. Fevral oyida u tvitterda “OpenAI’ni Microsoft tomonidan samarali boshqariladigan va unga yaxshi daromad keltiradigan yopiq manbali kompaniyaga aylandi” va bu u “o‘ylaganidek bo‘lib chiqmayotgan”ligini qo‘shimcha qildi.

“Insoniyat tomonidan yaratilgan eng kuchli vosita bo‘lgan sun’iy intellekt hozir shafqatsiz korporativ monopoliya qo‘lida.”/Google Translate.
“Insoniyat tomonidan yaratilgan eng kuchli vosita bo‘lgan sun’iy intellekt hozir shafqatsiz korporativ monopoliya qo‘lida.”/Google Translate.

Albatta, piar va shon-shuhrat shaydosi bo‘lgan Ilon Maskning OpenAI kompaniyasi hamda loyihalari atrofida paydo qilayotgan havotirlari qanchalik haqiqat — bilmaymiz, biroq 2023-yilning “yil odamiga” aylanishi “rejalashtirilayotgan” Tesla rahbariga yangi raqobatchilarining paydo bo‘lishi, tezkor ilgarilab ketayotganini shunchaki “ko‘rolmayotgani” bo‘lishi ham mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04