YouTube blogerlari uchburchak gʻildirakli velosiped yasab ko‘rsatdi

Kvadrat g‘ildirakli velosiped muallifi hisoblangan The Q YouTube kanali blogerlari endi uning uchburchak variantini yasab ko‘rsatishdi. Velosiped uchburchak gʻildiraklari anʼanaviy dumaloq gʻildiraklar kabi aylanadi. Natija esa, ko‘rib turganimizdek, foydalanish uchun yaroqli.

150 yilcha oldin ixtiro qilingan pedal bilan ishlaydigan velosipedlar tuzilishi shu kungacha keskin oʻzgarmagan — ishlash tartibi va materiallari yaxshilangan xolos. Lekin The Q YouTube kanali blogerlari velosipedni qaytadan ixtiro qilishni xush koʻrishini yana bir marta isbotladi.

Esingizda boʻlsa, oldinroq ular toʻrtburchak gʻildirakli velosipedni ishlab chiqishgandi. Harbiy tank harakatlanish tizimi zanjirlari kabi ishlaydigan velosiped gʻildiraklari anchayin qulayligi bilan hayron qoldirgandi.

Endilikda The Q uchburchak gʻildirakli velosipedni yasadi. Kvadrat gʻildirakli velosipeddan farqli oʻlaroq, bu uchburchak gʻildiraklar anʼanaviy dumaloq gʻildiraklar kabi aylanadi. Bir qarashda transport haydash uchun juda noqulaydek koʻrinadi. Uning harakatlanishini videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Avvalroq, 2014-yilda ishlab chiqilgan juda g‘aroyib va zamonaviy Samsung Smart Bike ko‘rsatilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25