Yangi Xiaomi Sound Move hamyonbop cho‘ntak kolonkasi

Xiaomi yaqinda boʻlib oʻtgan taqdimotida smartfon, televizor, fitnes braslet va planshetlardan tashqari yana bir gadjet — 21 soatgacha musiqa tinglash quvvatiga ega batareyali Sound Move simsiz kolonkasini chiqardi.

Kolonka alyuminiy korpusga ega va Harman/Kardondan sozlangan 4 kanalli ovozga ega. U suv va changdan himoyalangan (IP66) va toʻliq hajmda 90 dB gacha tovush yetkazib beradi. Ulanish Bluetooth, AirPlay 2 yoki USB-C orqali amalga oshiriladi.

Holatiga qarab, kolonka turlicha ohang taratadi: vertikal rejimda balandroq va batafsilroq ovoz, gorizontal rejimda esa kattaroq va bas bilan.

Dinamikning og‘irligi atigi 568 g, o‘lchami 17,7 x 5,55 x 5,55 sm bo‘lib, bemalol bir qo‘lda ko‘tarib yurish mumkin.

Kolonkaning Xitoydagi narxi 100 dollar atrofida.

Avvalroq Giglink.uz Mi Band 7 va yangi Mi Band 8 ni batafsil taqqoslagan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47