Xiaomi Pad 6 va Xiaomi Pad 6 Pro planshetlari haqida batafsil

Xiaomi 18-aprel kuni Xiaomi 13 Ultra telefoni va Xiaomi Band 8 brasleti bilan bir qatorda Pad 6 hamda Pad 6 Pro planshetlarini taqdim etdi.

Narxi qancha?

Xitoyda Xiaomi Pad 6 6GB/128GB asosiy modeli ~290 dollardan, Pro esa 8GB/128GB modeli uchun ~360 dollardan boshlanadi.

Afsuski, Xitoy narxlari har doim ham boshqa bozorlar narxlari bilan mos kelmaydi. Misol uchun, oldingi Pad 5 Pro xalqaro bozorga chiqarilmagan boʻlsada, oddiy Pad 5 Xitoydan tashqarida 369 dollardan sotuvga chiqarilgan edi. Bu safar ham xuddi shunday tarzda narxlar turlicha boʻlishi aniq.

Texnik xususiyatlari

  • Xiaomi Pad 6 — Snapdragon 870
  • Xiaomi Pad 6 Pro — Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetiga ega.

Ikkalasi ham 2,8K oʻlchamli va 144 Gts chastotali 11 dyuymli LCD displey, shuningdek Dolby Atmosʼli toʻrtta dinamikka ega.

Pad 6 modeli 8+256 Gb gacha xotira, 8 megapikselli selfi kamerasi va 33 Vt quvvatga ega 8840 mA/soat akkumulyator, Pro esa 12+512 Gb gacha xotira, 20 megapikselli selfi kamerasi va 8600 mA/soat sigʻim,67 Vt quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan.

Shuningdek, taqdimotda ko‘rsatilgan yana bir gadjet — Xiaomi 13 Ultra’ni bir zumda professional kameraga aylantiruvchi maxsus toʻplam haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin — https://giglink.uz/p/0258521

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26