“Yandex Music” bitiruv imtihonlariga yordam beruvchi musiqiy oqimni ishga tushirdi

“Моя волна для экзаменов” — imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishga yaxshiroq moslashish imkonini beradigan treklarni oʻz ichiga oladi.

Mazkur musiqiy pleylist koʻrinishidagi oqim universitet yoki maktabda imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar hamda bitiruvchilar oʻrtasida tuzilgan soʻrovnoma asosida, qaysi janr yoki treklar ularga samaraliroq tayyorgarlik koʻrishga yordam berganligini aniqlash orqali tuzilgan. Shuningdek, tanlov, albatta, tinglovchining shaxsiy musiqiy didini ham hisobga oladi.

“Mening imtihonlar uchun toʻlqinim”ni tinglash uchun izlash boʻlimiga (lupa) rus tilida “+100 к интеллекту”, “иду на красный диплом” (men qizil diplom olaman) yoki “готовлюсь к экзаменам” (imtihonlarga tayyorlanayapman) deb yozish kerak. 

Soʻrov berilgani zahotiyoq yuqorida musiqiy oqim paydo boʻladi va unga bosish orqali musiqa yordamida imtihonga tayyorlanishni boshlash mumkin.

  • Muhim: funksiyadan foydalanish uchun Yandex obunasi talab qilinadi. 

Avvalroq Yandex Alisa ovozli yordamchisini YandexGPT sunʼiy intellekti asosida takomillashtirgandi. U endi matn yozishi va gʻoyalarni taklif qilishi mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17